Muhammadjavohir- frontend dasturlash o'qituvchisi
Najot Ta'limAssalomu alaykum. Ismim Muhammadjavohir, frontend dasturchiman. Bu sohaga 2014-yil bahorda universitetdagi darslardan so'ng qiziqib qolib, o'sha paytdan beri uni chuqur o'rganishga harakat qilib kelyapman. Avvaliga bu sohadagi qoida va kodlarni to'g'ri tushunish, yodda tutish nisbatan qiyin bo'lgan edi. O'zim internetdagi maqola va videolardan o'rganganim va ustozim bo'lmagani uchun dasturlashni tizimsiz o'rganib borar edim. Bu o'z navbatida birmuncha vaqt, kuch va pulning bekorga sarf bo'lishiga sabab bo'ldi. Hatto udemy.com platformasida har xil soha bo'yicha 467 ta kursga a'zo bo'lishga ham ulgurgan ekanman.
Birmuncha tajribaga ega bo'lganimdan so'ng universitetdagi o'qishimning keyingi yillarida keyingi kursdagi talabalarga yordam bo'lishi uchun 3 yil veb dasturlash to'garagini yuritdim. Bu to'garak tufayli dars o'tish tajribamni oshirdim va dasturlash va uni o'rgatishga qiziqish professional ko'rinishda dars o'tishni boshlashimga turtki bo'ldi. Hozirgacha deyarli 3 yildan beri veb dasturlashdan dars berib kelyapman va bo'sh vaqtlarimda o'z bilganlarimni video ko'rinishida Mayoq kanalimga joylab boraman.
Hozirda "Najot Ta'lim" markazida "Frontend dasturlash" o'quv kursida ustoz vazifasida ishlayapman. Veb dasturlashni o'rganish davomida o'z tajribamdan o'tgan eng samarador kurslar asosida o'quv reja tuzib, "Frontend dasturlash" o'quv kursida shu rejadan foydalanyapman. Bu kursda siz menga o'xshab yillab vaqtingizni behuda sarflab, samarasiz uslub bilan o'rganmaysiz. Balki, o'zim uchun eng foydali bo'lgan manbalarning mag'zi jamlangan ko'rinishidagi darslarda HTML, CSS va JavaScriptni o'rganib, bir nechta amaliy loyihalarni ham tugatasiz. 5 oylik darslarimizni tugatganingizda sizda sanab o'tilgan texnologiyalar bo'yicha mustahkam bilim, bir necha loyihalarni bajarishda yig'ilgan tajriba va tayyor portfolio bo'ladi. Kursni muvaffaqiyatli bitirsangiz, boshlanishiga 140-200 dollar oylik beriladigan ishlarga kirishingiz mumkin.
"Dasturchi bo’la olamanmi?", deb o'ylanayotgan bo'lsangiz, ikkilanishni esdan chiqaring. Dasturchi bo’lish uchun aynan biror universitetda tahsil olish shart emas. O’rganishda matematika fanidan boshlang’ich tushunchangiz bo’lsa, (masalan, qo'shish, ko'paytirish, kasrlar) buyog’i qiyin emas. Boshlang’ich deyishimiz uchun yetarlicha asos bor. Sababi, bizgacha juda ko’plab kodlar yozib bo’lingan. Bizdan esa tayyor narsani o’z joyiga keltirish so’raladi xolos.
✔️ HTML (Hypertext Markup Language)
Saytga turli elementlarni joylash, sayt tuzilmasini semantik jihatdan to'g'ri bo'lishini ta'minlash va HTML5 standardida kiritilgan yangi imkoniyatlardan foydalanish.
✔️ CSS (Cascading Style Sheets)
Saytga elementlarni joylangandan so'ng ularning ko'rinishini o'zgartirish, turli bezaklar berish, joylashuvini boshqarish, turli murakkablikdagi animatsiyalar tuzish;
✔️ CSSdagi flexbox imkoniyatidan foydalangan holda zamonaviy yondashuv bilan sayt tuzilmasini yig'ish
✔️ Saytni turli uskuna va brauzerlarda chiroyli ko'rinishini ta'minlash;
✔️ CSS kodni hozirda eng qo'p qo'llaniladigan usullardan biri bo'lgan BEM usuli asosida yozish;
✔️ Sass - Syntactically Awesome Style Sheets
— CSS kod yozish samaradorligini bir necha barobarga oshirish;
— Saytning CSS kod arxitekturasini to'g'ri tuzish;
— CSSda mavjud bo'lmagan qo'shimcha imkoniyatlar yordamida kod yozishga ketadigan vaqtni qisqartirish;
✔️ Bootstrap kutubxonasi
— Bir qator ham CSS kod yozmay tayyor instrumentlar yordamida turli xil prototiplar tuza olish;
— Ko'p saytlarda uchraydigan bo'laklarni oson va tez yo'l bilan tuzish;
✔️ Git - talqinlarni boshqarish tizimi
— Kodni talqinlarga bo'lish va kod muhitini to'g'ri tuzish;
— Jamoa bo'lib ishlashda talab qilinadigan Gitga oid eng muhim amallarni ishlata olish.
— Tuzilgan saytni GitHub Pages xizmati yordamida tekinga internetga joylash va boshqalar bilan ulashish;
✔️ JavaScript - brauzerlarda ishlovchi yagona dasturlash tili;
— JavaScript dasturlash tili yordamida turli masalalarga yechim tuzish;
— Barcha dasturlash tillarida universal bo'lgan amallarni JavaScript tili misolida yoza olish;
— Brauzerga yuklangan kodni JavaScript DOM imkoniyatlari yordamida "jonlantirish" tahrirlash, o'chirish va yangi elementlar joylash;
— Serverga so'rov berish bilan internetdagi ma'lumotlarni saytga keltirish va chiroyli dizaynda ko'rsatish;
✔️ JQuery - JavaScript kutubxonasi;
— JavaScriptdagi tabiiy koddan qisqaroq yo'l bilan saytga yangi imkoniyatlar qo'shish;
— DOMdagi elementlar ustida bajariladigan amallarni oson yo'l bilan boshqarish;
— Odatda ko'p ishlatiladigan jQuery kutubxonalarini saytga tatbiq qilish, sayt dizayniga moslashtirish;
✔️ Gulp - vazifalar bajaruvchisi
— Ko'p bajariladigan odatdagi ishlarni avtomatlashtirish va bu yordamida vaqtni tejash;
— HTML, CSS va JavaScript kodni optimallashtirish, to'g'ri tartiblash uchun zarur bo'lgan ishlarni Gulp plaginlari yordamida oson bajarish;
— Yangi standarddagi JavaScript kodni ES5 standardiga kompilyatsiya qilish;
— Tayyor bo'lgan saytni serverga joylash;
— Rasmlar ustida amallar bajarish, ularni optimallashtirish.
✔️ Samaradorlikni oshirish
— Sublime Text 3 va VS Code dasturlarida ishlashda zarur bo'ladigan qisqartma amallarni o'rganish;
— Shu ikki dasturning tabiiy imkoniyatlarini turli paket va kengaytmalar yordamida ko'paytirish;
— Dasturlarda ishlash muhitini samarador ko'rinishga keltirib, moslashtirib olish.
✔️ Ishga kirishga oid ma'lumotlar;
— Ishga kirishda katta e'tibor beriladigan rezyume va portfolioni to'g'ri tuza olish;
— Ish beruvchi bilan shartnoma tuzayotganda nimalarga e'tibor berish;
— Ish haqini to'g'ri baholash;
✔️ Har bir mavzu imkoni boricha ko'proq amaliy mashqlarda mustahkamlanadi.
✔️ Kurs davomida o'quvchilar bilimlari davomiy tarzda turli test va amaliy topshiriqlar bilan tekshirib boriladi, kerakli tavsiyalar beriladi, baholanadi.
✔️ Kurs oxirigacha o'quvchilar salmoqli portfolio (ishlar jamlanmasi) yig'a olishadi.
✔️ Har bir bo'limda sohadagi standardlar va tavsiya qilingan amaliyotlar o'rganiladi, amaliy mashqlarni bajarishda shulardan foydalanishga urg'u beriladi.
“Frontend dasturlash” kursi jami 5 oy davom etadi. Siz 5 oy davomida taʼlim olish uchun 2 300 000 soʻm sarflaysiz, ya'ni, birinchi oy 300 000 so'm. Keyingi oylar 500 000 so'mdan.
Kursni tamomlaganingizdan soʻng maxsus sertifikat beriladi.
Tel: +998998280011
Administratorga bogʻlanish: http://t.me/najoteduadmin
Location: https://bit.ly/2W0CEfy
Telegram: https://t.me/najotedu
Facebook: https://www.fb.com/najotedu
Instagram: https://instagram.com/najottalim
Twitter: https://twitter.com/najottalim