#tahlil

#tahlil


Xususan, aholi bandligini ta'minlash, imtiyozli kredit ajratish orqali tadbirkorlik va o‘zini-o‘zi band qilish faoliyatiga jalb qilish orqali oilalar daromadini oshirish hamda muddati o’tgan kreditlarni undirish borasidagi ishlar tanqidiy tahlil qilindi.

Shuningdek, aholiga dehqon xo‘jaligi yerlarini ajratish va tomorqadan samarali foydalanish hamda qo’shimcha ish o’rni tashkil etishda tadbirkorlik subyektlari bilan amalga oshirilayotgan hamkorlikdagi ishlar ham o‘z holiga tashlab qo‘yilganligi tanqid qilinib, faoliyatlari davomida ko‘plab kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan hokim yordamchilariga nisbatan belgilangan tartibda ta'sirchan choralar ko‘rish bo'yicha taklif kiritishga ko‘rsatma berildi. Bu kabi salbiy holatlarni oldini olish va mahalla yettiligi faoliyatini yanada jonlashtirish maqsadida sektor rahbarlari tomonidan belgilangan jadval asosida har bir mahallada o'rganishlar o'tkazilishi va yechimini kutayotgan masalalar bo'yicha amaliy yordam ko'rsatilishi ta'kidlab o'tildi.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati 



Report Page