“RS SUCCESS AGRO” O‘zbekistonda yo‘qolgan kanopchilik an’analarini qayta tiklashga muvaffaq bo‘ldi va 3,5 metr balandlikdagi eng rekord darajadagi texnik kanop hosilini yetishtirdi

● Sirdaryo viloyati Xovos tumanidagi RS SUCCESS AGRO biotexnologiya industrial kompleksi dalalarida O‘zbekistonning kanopchilik tarixida birinchi marta 3,5 metr balandlikdagi texnik kanop yetishtirish bo‘yicha tarixiy rekordga erishildi
● Biotexnologiya sanoat qishloq xo‘jaligi kompleksida joriy etilgan innovasion yondashuvlar va noyob INDUSTRIAL INNOVATION GROUP texnologiyalari: yer osti tomchilatib sug‘orish tizimi va aniq qishloq xo‘jaligi yechimlari tufayli rekord darajadagi eng yuqori hosil eng qisqa vaqt ichida yetishtirildi
● INDUSTRIAL INNOVATION GROUPning vakili sifatida biotexnologiya industrial agrokompleksi hosildorlikni yildan yilga yaxshilab va erishilgan natijalarni oshirib, O‘zbekistonda kanop yetishtirishning yo‘qolgan an’analarini qayta tiklamoqda.

O‘zbekiston, Xovos, 25-iyul, 2023-yil
2023-yilda RS SUCCESS AGRO biotexnologiya industrial agrokompleksi dalalarida O‘zbekiston uchun rekord darajadagi texnik kanop hosili yig‘ildi - o‘simliklarning balandligi 3,5 m ga yetdi. Bu eng qisqa vaqt ichida kuchini yo‘qotgan, sho‘rlangan yerlarda erishilgan eng yuqori natijadir. Agrotexnologiyada innovasion yondashuvdan foydalangan holda, atigi to‘rt yil ichida Respublikada azaliy kanopchilik an’analari muvaffaqiyatli tiklandi.
Loyiha endigina boshlangan 2019 yilda O‘zbekistonning Sirdaryo viloyatida bunday natijalar imkonsiz bo‘lib tuyulardi. Bugungi kunda esa qishloq xo‘jaligi mtaxassislari buni moʻjiza deb atashmoqda. Biroq, bu moʻjizaning nomi bor - INDUSTRIAL INNOVATION GROUP texnologiyalari. INDUSTRIAL INNOVATION GROUP kompaniyasining malakali mutaxassislari mavjud bo‘lgan eng yaxshi aniq qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini o‘zlarining innovasion yechimlari ostida birlashtirib, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasida chinakam intellektual va texnologik yutuq yaratdilar. Ushbu ulkan ishning natijasi RS SUCCESS AGRO biotexnologik sanoat qishloq xo‘jaligi kompleksi dalalaridan yig‘ib olingan sanoat kanopining mo‘l-ko‘l, saxovatli va yuqori hosilidir.
“RS SUCCESS AGRO” kompaniyasi bosh direktori Robiya Ibragimova ta’kidlasicha: “2023-yilda texnik kanopdan rekord darajadagi hosil O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirish tarixida mutlaqo yangi sahifaning boshlanishi hisoblanadi. Agrokompleks o‘simlik balandligi 3,5 m ga yetganidan faxrlanadi. O‘tgan yili butalarning maksimal balandligi 1,2 m edi. Va hatto bu natija bizning agrokompleksimiz bilan hamkorlik qiladigan Yevropalik seleksionerlarida yoqimli taassurot qoldirgandi. Bunday ajoyib natija ortida yuzlab mutaxassislar, novatorlarning mashaqqatli mehnati va INDUSTRIAL INNOVATION GROUP muhandislari 30 yildan ortiq vaqtdan beri ustida ishlab kelayotgan noyob mualliflik ishlanmalari bor. Bularning barchasi 2023-yilda texnik kanop hosildorligi bo‘yicha barcha kutilganlar natijalardan oshib ketishimizga imkon berdi, ya’ni atigi to‘rt yil ichida O‘zbekistonda kanopchilikning yo‘qolgan an’analarini qayta tiklashga muvaffaq bo‘ldik".
RS SUCCESS AGRO zararli kimyoviy moddalar va o‘g‘itlardan foydalanmasdan mo‘l hosil olish uchun sug‘orish quvurlari uzunligi 12 ming kilometr bo‘lgan noyob innovasion yer osti tomchilatib sug‘orish tizimini joriy etdi, bu esa har bir qimmatbaho suv tomchisini o‘simlikning ildiziga qat’iy ravishda tarqatish imkonini beradi. Ekinlar holatini onlayn nazorat qilish uchun minglab o‘rnatilgan datchiklarni birlashtirgan joriy etilgan noyob yuqori texnologiyali integrasiyalashgan tizim sizga tez javob berish va dalaning alohida uchastkalarida santimetrgacha yuqori aniqlik bilan zarur choralarni o‘z vaqtida ko‘rish imkonini beradi.
INDUSTRIAL INNOVATION GROUP ko‘p darajali aqlli yechimlarni amalga oshiradi, buning natijasida RS SUCCESS AGRO global biotexnologik qishloq xo‘jaligi kompleksi tabiiy resurslarni, xususan suvni tejaydi, qishloq xo‘jaligi yerlarini saqlash va tiklashni, elektr energiyasini hisobga olish va tejashni va mutlaqo chiqindisiz ishlab chiqarishni ta’minlaydi: LEODAR®, LEORIA® va HEMPORAMA® savdo belgilari ostida tola, sovuq presslangan oziq-ovqat yog‘i, chorva uchun ozuqa, asal, choy, kosmetika liniyasidan boshlab to bioko‘mirgacha.
RS SUCCESS AGRO barqaror va samarali hosildorlikni va mamlakatda qishloq xo‘jaligining yanada ravnaq topishini ta’minlash uchun qishloq xo‘jaligi ko‘rsatkichlarini yanada yaxshilashga intilib, innovasiyalar sari sayohatini davom ettirish niyatida, bu esa O‘zbekistonga jahon bozorlarida muhim o‘yinchi bo‘lish imkonini beradi.
_____________________________________________________________
Batafsil ma’lumot uchun quyidagi manzilga murojaat qiling:
Matbuot xizmati : Inna Bityuk
Tel: +971 65 0 62 555, +998 99 460 63 04
E-MAIL: inb@industrialinnovationgroup.com