surxondaryo

surxondaryo

surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimi To'ra Bobolov boshchiligidagi delegatsiyaning Novosibirsk viloyatidagi amaliy tashrifi bugun viloyat gubernatori Andrey Travnikov bilan ishchi uchrashuv o'tkazishdan boshlandi.

Novosibirsk viloyati gubernatorligi binosida o'tkazilgan uchrashuvda viloyatimiz hokimi To'ra Bobolov mintaqalarimiz ishbilarmonlario o'rtasida faol sheriklik o'rnatish uchun yanada qulay sharoit yaratish, o'zaro savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni jadal rivojlantirish yuzasidan takliflarini bayon etdi. 

Gubernator Andrey Travnikov Surxondaryo viloyati hokimi To'ra Bobolovga mintaqalarimiz o'rtasida 2018 yil oktyabr oyida tuzilgan hamkorlik shartnomasini amalga oshirishdagi qat'iyatliligi uchun minnatdorchilik bildirar ekan, Novosibirsk tomoni ushbu shartnoma doirasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishini ta'kidladi.

Malumot uchun

2019 yilda Novosibirsk viloyatining O'zbekiston Respublikasi bilan tovar ayirboshlash hajmi 88,9 million, eksport 60,7 million, import 28,2 million AQSh dollarini tashkil qildi.

Novosibirsk viloyatidan mamlakatimizga neft, organik kimyoviy birikmalar, plastmassa, yog'och, qog'oz va karton, qora metall prokatlari, rangli metal va farmatsevtika mahsulotlari mahsulotlari, elektr generatorlari va ularning ehtiyot qismlari, optik uskunalar va apparatlar va dvigatellar keltiriladi. 

O'zbekistondan Novosibirsk viloyatiga plastmassa, trikotaj va kiyim-kechaklar, gilamlar, to'qimachilik, paxta, kimyoviy tolalar, momiq paxtalar, meva vs sabzavotlar, yong'oq, ziravor va konserva mahsulotlari eksport qilinadi.

Surxondaryo viloyati delegatsiyaning Novosibirsk viloyatidagi tashrifi davom etmoqda.

Report Page