Python Django kursi yohud web ilovalar qirolini o`rganishni boshlaymiz
Great Coders Team
Eng uzoq kutilgan va muxlislarimiz tomonidan ko`p so`ralgan Python Django kurslariga qabul boshlandi. Bu kabi to`liq amaliyotga asoslangan kurs O`zbekistonda birinchi bor yo`lga qo`yildi.
Dasturlash kasbining hozirgi zamondagi ahamiyati qanchalik yuqoriligi endi hech kimga yangilik emas. Ayniqsa web dasturchilarga talab yuqorilab bormoqda. Sababi juda ko`plab yangi biznes sektorlar, startaplar, tashkilotlar, korxonalar o`z ish faoliyatlarini boshlab yuqori bosqichga olib chiqishmoqda. Bunda ularning ishini qulaylashtirish, yangi bosqichga olib chiqishda web ilovalarning o`rni beqiyos.
Hozirgi web dasturlash sanoatida Djangoning mashhurligi tobora ortib bormoqda. Ko`pgina kompaniyalar va dasturchilar uchun hamda alohida loyihalarni amalga oshirish uchun Django frameworki chindan eng yaxshi tanlov bo`lib qolmoqda.

๐ฅ Django o`zi nima?
๐ Django - bu eng top web tillaridan biri bo`lgan Python dasturlash tiliga asoslangan web ilovalarning backendi uchun open-source frameworki hisoblanadi.
๐ Uning asosiy g`oya va maqsadi soddaligi, moslashuvchanligi, ishonchliligi va keng qamrovliligidir.
๐ Django birinchi marta "Lawrence Journal-World" gazetasi nashriyoti uchun web-dastur sifatida ishlab chiqilgan.
๐ Django katta hajmli tekst kontentlar, media fayllar, yuqori trafikli istalgan turdagi doimiy web loyihalar ustida ishlashda chindan ajoyib ekanligini ko`p bora isbotlagan.
๐ Django barcha funksiyalar va komponentalar uchun o`z nomlash tizimiga ega (masalan, HTTP responses - โviewsโ deb nomlanadi). Bundan tashqari, Lavarel yoki Yii-ga qaraganda ishlash osonroq bo`lgan admin paneliga ham ega. Shuningdek, quyidagi texnik xususiyatlar ham unda mavjud:

๐น Sodda sintaks
๐น O`z shaxsiy web serveri
๐น MVC (Model-View-Controller) ning asosiy arxitekturasi
๐น โBatteries includedโ ya`ni oddiy masalalarni hal qilish uchun zarur bo`lgan barcha narsalar o`zi bilan birga kelishi
๐น ORM (Object Relational Mapper) ya`ni obyekt bilan bog`liqlik xaritasi
๐น HTTP kutubxonalari
๐น Middlewareni qo`llab quvvatlash
๐น Python blokining test frameworki
๐น Bundan tashqari, Django dinamik CRUD (create, read, update and delete) interfeysini ham ta`minlaydi. CRUD tizimi bazaning asosiy buyruqlarini tavsiflash uchun ishlatiladi, ya`ni interfeys ma`lumotlarni ko`rish, o`zgartirish va qidirishni osonlashtiradi.
๐ฅ Nega Veb dasturlashda Django frameworkidan foydalanishimiz kerak?

๐ Django tez va oson
Djangoning asosiy maqsadlaridan biri dasturchilar uchun oson va tez ishlashni ta`minlash. Bu uchun, u quyidagi tamoyillardan foydalanadi:
๐น Tezkor bajarish tamoyillaridan, ya`ni dasturchilar butun boshli kodni noldan yozmasdan bir vaqtning o`zida bir nechta mavjud kod resurslarini ishga tushira olishlari
๐น DRY (Donโt Repeat Yourself) tamoyili - ya`ni dasturchilar mavjud kodni qayta qayta ishlatishlari va fokuslarini yozilmagan maxsus qismlargagina qarata olishlari
Bu tamoyillar natijasi sifatida, dasturchilar loyihani juda qisqa vaqt ichida bozorga chiqara oladilar

๐ Django xavfsiz
Xavfsizlik Djangoning yuqori ustuvorlik tomoni hisoblanadi. U eng yaxshi tashqi xavfsizlik tizimlaridan biriga ega va dasturchilarga umumiy xavfsizlik muammolaridan xalos bo`lishga yordam beradi, masalan
๐น clickjacking
๐น cross-site scripting
๐น SQL injection
kabi muommolardan. Django yangi xavfsizlik tuzatishlarini qisqa vaqtlar ichida chiqarib turadi. U odatda birinchilardan bo`lib zaifliklarga javob beradi va boshqa frameworklarni ogohlantiradi

๐ Django har qanday web dastur loyihasiga mos tushadi
Django yordamida oddiy veb-saytlardan tortib katta yuklamali veb-ilovalargacha bo`lgan har qanday kattalikdagi va hajmdagi loyihalarni muvafaqqiyatli bajarish mumkin
Nima uchun Djangodan o`z loyihalaringizda foydalanishingiz kerak? Sababi:
๐น U qo`shimchalar va kengaytirishlarni to`liq yuklay oladi, ya`ni siz yuqori trafikli va katta hajmli informatsiyalardan foydalanadigan ilovalarni yasay olasiz;
๐น U cross-platformali ya`ni sizning loyihangiz Mac, Linux yoki Windows hammasida ishlab ketaveradi;
๐น U yirik ma`lumotlar bazalari bilan bemalol ishlay oladi. U ma`lum bir loyihaga asoslangan ma`lumotlar bazasidan yoki bir vaqtning o`zida bir nechta ma`lumotlar bazasidan foydalanish imkoniyatiga ega.

๐งฑ Django kuchli ichlab chiqilgan
โผ Django - open-source frameworklarining eng kuchli dokumentatsiyalari asosida ishlab chiqilgan. Hamda hozirda ham yuqori darajada ushlab turilibdi. Yangi funksiyalar va tuzatishlar bilan birga doimiy yangilab boriladi.
โผ Django vaqt va odamlar tomonidan sinalgan, sinovdan o`tgan. U ko`plab forumlar, kanallar va maxsus veb-saytlardagi qo`llab-quvvatlaydigan katta jamoaga (supportive community) ega. Bu - kodingizda muammoli funksiyalar mavjud bo`lganda yordam topishingiz yoki Kompaniyangiz Djangoga asoslangan loyihalarida esa dasturchilar topishi oson degani
โผ Djangoda biror bir yangi muammo paydo bo`lsa, u albatta o`z yechimini topishiga ishonishingiz mumkin. Sababi dastur doimiy ravishda yangilab turiladi va Django bilan ishlashni avvalgidan ko`ra qulayroq qilish uchun yangi paketlar chiqarilaveradi.
๐ฅ Django frameworki bilan nimalar qila olishimiz mumkin?

๐น eng ajoyib va murakkab funksiyali web ilovalar
๐น istalgan murakkablikdagi dinamik web saytlar
๐น elektron tijorat web-saytlari
๐น sog`liqni saqlashga va shifoxonalarga oid web ilovalar
๐น nashriyot industiriyasidagi eng tezkor dasturlar
๐น transport harakatlari va buyurtmalar uchun moliyaviy ilovalar
๐น ijtimoiy media saytlar
๐น alohida korxona va tashkilotlarga mos tushadigan web ilovalar
๐น turli xil to`liq funksiyali platformalar
๐น va hakazolarni ishlab chiqish mumkin

โผ Siz ushbu frameworkdan foydalanib ishlab chiqishingiz yoki o`z STARTUP ingizga asos solishingiz mumkin bo`lgan bir qancha loyiha turlari:
โญ Personal ma`lumotlar, riskka bardoshlilik, maqsadlarga erisha olish ehtimollari asosida taxminiy natijalarni hisoblash va tahlil qilish xususiyatlariga ega moliyaviy platformalar
โญ Ichki ma`lumotlar uchun o`rnatilgan CRM tizimlari
โญ Korxonalar o`rtasidagi aloqani boshqarish uchun B2B CRM tizimlari
โญ Biznes va iste`molchi kabi ikki tomon o`rtasidagi aloqani osonlashtiradigan platformalar
โญ Juda ko`plab buyurtmalar bilan ishlay oladigan tizimlar yoki savdo platformalari
โญ Veb-ilovalarni qo`llab-quvvatlaydigan Android va iOS mobil ilovalari
โญ Ko`chmas mulkni baholash tizimlari
โญ Hujjatlarni boshqarish tizimlari
โญ Ipoteka shartlari yoki ijara holatini tekshirish kabi huquqiy muammolarni hal qilish uchun platformalar
โญ Shifoxonalar, Poliklinika, tibbiy markazlar uchun tizimlar
โญ Maktablar, o`quv dargohlari, ta`lim markazlari uchun platformalar

โผ Djangodan shuningdek, alohida vazifalarni bajaradigan kichik tizimlarni ham ishlab chiqish mumkin, masalan:
โญ Foydalanuvchilarga bildirishnomalarni yuborish uchun elektron pochta tizimi
โญ Murakkab mantiqiy va murakkab dinamik ravishda o`zgaruvchan qoidalarga ega filtrlash tizimi
โญ Algoritmga asoslangan generatorlar
โญ Ma`lumotlarni tahlil qilish vositalari
โญ Investitsion fondlarni boshqarish uchun interfeyslar
โญ Administrator boshqaruv panellari
โญ Fotosuratga asoslangan tekshirish va parol tizimlari
โญ CRM va B2B platformalarini, onlayn bozorlarni, bronlash tizimlarini va boshqalarni rivojlantirishga yordam beradigan maxsus tizimlar.

๐ฅ Django frameworkidan foydalanadigan mashhur kompaniyalar
Django - ko`plarning tanlovi, shuningdek, Internet gigantlarining ham tanlovidir. Mana quyidagi bir nechta mashhur veb-ilovalar Djangoning tezligi, moslashuvchanligi va foydalanishga osonligidan zavqlanadi:
๐ Instagram: Media ma`lumotlari va foydalanuvchilarning o`zaro aloqalari bilan shug`ullanadigan yana bir mashhur ijtimoiy tarmoq. Django - bu veb-ilovani muammosiz ishlashga, yangi xususiyatlarni qo`shishga va muammolarni tezda hal qilishga imkon beradigan funksiyalarni unda mavjud qiladi.
๐ Spotify: Foydalanuvchilarga musiqani bepul yoki reklamasiz obuna asosida tinglash imkonini beradigan juda katta miqdordagi ma`lumotlarga ega bo`lgan yirik media kutubxonasi. Spotify o`zining texnik qismlarida machine learningdan foydalanadi, bizga ma`lumki, Python bunda eng yaxshi tanlovlardan biri hisoblanadi. Spotify asoschilari uni Django frameworki bilan birlashtirishni tanladilar.
๐ The Washington Post: "The Washington Post" Djangoni o`zining og`ir trafikini boshqarish uchun ishlatishi ajablanarli emas, chunki bu frameworkning o`zi aslida onlayn yirik gazetani boshqarish uchun asos solingan edi. Shu sabab ko`pgina onlayn davriy nashrlarda ham Djangoning qo`llanishi tabiiy bir holat.
๐ Dropbox: Ma`lumotlarni saqlash uchun bulutli texnologiyalar yuqori samaradorlikni talab qiladi. Django Dropboxni ulashish va sinxronizatsiya qilish uchun kerak bo`ladigan zarur vositalarni, keng ishlay olish imkoniyatlarini maksimal saqlagan holda ta`minlaydi.
๐ Mozilla: Eng mashhur veb-brauzerlardan biri va PHP-dan Python-ga Django sababli o`tgan yana bir veb-dastur. Hozirda esa yirik trafikni va API larini boshqara olish osonlashgan.
๐ NASA: Ular Django-dan eng ishonchlilikni talab qiladigan ba`zi funksional elementlari uchun foydalanadilar. Masalan, ularning veb-sayti Instagram singari mashhur emas, ammo u yuqori aniqlikdagi rasmlardan foydalanadi va oyiga o'rtacha 2 million marta ko'rishadi.
๐ Pinterest: Ushbu platforma har oyda 250 milliondan ortiq faol foydalanuvchilarga ega bo`ladi, juda katta hajmdagi media ma`lumotlarga ishlov beradi va shu bilan birga foydalanuvchilarga juda qulay interfeysni qo`llab-quvvatlaydi. Django kabi open-source framework tufayli, Pinterest asoschilari uni o`z xohishlariga mos ravishda o`zgartirishga muvaffaq bo`lishdi.
๐ Reddit: Ijtimoiy yangiliklar va muhokamalar uchun birinchilardan bo`lib ko`p odamlar e`tiborini qozongan bu shubhasiz Reddit - bu veb kontentli platforma bo`lib, unda odamlar savollar berishadi, fikr almashishadi va reyting tizimiga asoslanib postlar ko`tariladi. Reddit Djangoga ko`p foydalanuvchilarning yirik trafikiga xizmat ko`rsatish kabi ko`plab funksional imkoniyatlariga ishonadi va keng foydalanadi.

๐ฅ Bu kurs qanday kurs?
Bu kurs nomi "Python, Django" bo`lib Django web frameworkining to`liq asoslari o`rgatiladi. Bundan tashqari, umumiy web oqimining qanday ishlashi va dasturchi kundalik faoliyatida foydalanadigan muhim ko`nikmalarga oid qimmatli bilimlar beriladi. Kurs 2,5 oy davom etadi. Darslar judayam yengil, sodda va maksimal eng so`ngi ma`lumotlar asosida tushuntirilgan. Kurs telegramda yopiq kanal va guruhlarda olib boriladi. Har bir dars sizga videoko`rinishida har ikki yo uch kunda yuborib turiladi. Qolgan kunlarida ustozlarimiz bergan amaliy vazifalarini bajarasiz. U kishi sizni tekshirib boradilar va Great Coders baholash tizimida sizni qat`iy baholaydilar. Kurs oxirida YouTube Clone ya`ni YouTubega o`xshash web ilova amaliyotda yoziladi. Bu kurs web dasturlashga qiziqayotgan hamma uchun mo`llajlashgan ammo o`quvchilar umumiy dasturlash tillaridan (Python, Java, C++, C, PHP) kamida bittasini bilishi talab etiladi, aks holda ma`lumotlarni qabul qilishda muammolar kelib chiqishi mumkin.
๐ฅ Kurs rejasi
๐ข HTML / CSS / Bootstrap
๐ข Git, Github
๐ข Python
๐ข Django
๐ข URL lar va ko`rinish(view)lar
๐ข Model va migratsiyalar
๐ข Model va ko`rinishlar
๐ข Real amaliy loyihalar
๐ฅ "Python, Django" kursini muvafaqqiyatli tugatgach nimalar bilib olaman?
๐น Django kabi frameworklardan foydalanish web-sanoatida behisob vaqtingizni qanday tejashiga yordam berishini amalda bilish
๐น Web dasturlashda muhim bo`lgan HTML, CSS va Bootstrap 4 bilan ishlash
๐น O`z startaping yoki biznesingiz uchun to`liq funksiyali veb-saytlarni yaratish
๐น Har bir dasturchi bilishi shart bo`lgan Git va GitHub bilan ishlash
๐น O`z loyihalaringizni potentsial ish beruvchilarga ko`rsatish uchun o`zingizning shaxsiy portfel saytingizni yarata olish
๐น Ma`lumotlarni saqlash va kuzatishga yordam beradigan ma`lumotlar bazasi bilan Djangoni ulay olish
๐น Django asoslarining funksional bazasini tushunish, URL manzilni yo`naltirish, modellar, andozalarni bilib olish
๐น Shaxsiy Veb-saytingizni Python bilan istalgan joyda ishga tushira olish
๐น Foydalanuvchilar o`z accountlarini ochsa bo`ladigan to`liq funksiya bilan ishlaydigan Todo List menejer veb-saytni yarata olish
๐น Statik va Media fayllar bilan ishlash
๐น Formalar bilan ishlash
๐น Foydalanuvchilarga kirish tizimini yaratish
๐น Kurs davomida YouTubening klonini va kichik CRM tizimini yaratish.
๐ฅ "Python, Django"
Kurs narxi oyiga 600.000
Ammo hozirda KATTA chegirmada oyiga 399 ming
2,5 oylik to`plamni birdan sotib olganlarga 897 ming
Siz ikkilanib bemalol vaqt yuqotishingiz mumkin yoki chegirmadan foydalanib umringiz oxirigacha sizga real asqotadigan bu bebaho bilimlarni egallab haqiqiy natijalar olishingiz mumkin. Ammo biz har qanday holatda ham sizga eng yaxshisini ravo ko`ramiz ))
Kelajagingiz uchun super imkoniyatni yana qancha ortga surmoqchisiz, hoziroq kurslarimizga yoziling. Narxlar yana ko`tarilishi mumkin, hozirgi chegirmadan foydalanib qoling. O'rganishingiz uchun internet va komputer va qunt bo'lsa kifoya. Endi ham o'ylab vaqtni cho'zmoqchimisiz??
Ish beruvchlar Django va Pythonni puxta bilganlarni qadrlaydilar. Bu hozirgi IT bozorining talabi
Agar dasturlash haqida boshlang`ich fundamental bilimlarga ega bo`lmasangiz bizning PYTHON, START ONE kursimizga yoziling va noldan dasturlashni o`rganing
Unutmang Birinchilar doim birinchi ๐
GREAT CODERS ยฎ
Onlayn dasturlash markazi
Kurslarni hoziroq sotib oling va haqiqiy bilimdan bahra oling
Kursga yozilish va Birinchi darsni bepul olish uchun
Murojaat qiling GreatCodersAdmin