Sirdaryo tumani Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘ining tuman aholisiga murojaati

Sirdaryo tumani Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘ining tuman aholisiga murojaati

@Sirdaryotumanpress
Foto: Elmurodov Dilshod Salohiddinovich

Hurmatli sirdaryoliklar va tumanimiz mehmonlari barchamizga maʼlumki, Muhtaram Prezidentimiz tomonidan Mamlakatimizda ekologik xavfsizlikni taʼminlash, ekologik vaziyatni yaxshilash, qulay ekologik holatni barqaror saqlash, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi samaradorligini taʼminlash, "Yashil makon" umummilliy loyihasini hayotga tatbiq etish borasida bir qator qaror va farmonlar qabul qilindi.

Unga ko‘ra, ushbu sohada jamoatchilik nazoratini o‘rnatish qatʼiy belgilab berildi.

Shu munosabat bilan, o‘zingiz istiqomat qilayotgan hududingizdagi dov-daraxtlarga shikast yetkazmasligingizni va kesmasligingizni so'rab qolamiz.

Bu bilan atmosfera havosi, yer, yer osti boyliklari, suv, o‘rmonlar, hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilishda o‘z hissangizni qo‘shgan bo'lasiz.

Agarda ushbu holatlarning guvohi bo'lsangiz bu to'g'risidagi video va foto materiallarni bizga yuborishingizni so‘raymiz.

Murojaatlarni qabul qilish va qo'shimcha ma'lumotlar uchun: (67) 225-12-52

Elmurodov Dilshod Salohiddinovich, Sirdaryo tumani Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i


Report Page