Sirdaryo tumanida “Milliy qadriyatlarimizda kiyinish madaniyatining o‘rni” va "Men atlas kiyaman ", deb nomlangan tadbirlar o‘tkazildi

Sirdaryo tumanida “Milliy qadriyatlarimizda kiyinish madaniyatining o‘rni” va "Men atlas kiyaman ", deb nomlangan tadbirlar o‘tkazildi

@sirdaryotumanpress
Foto: Sirdaryo tumani hokimligi

Milliy matolarimizning o‘ziga xos qadr-qimmatga ega ekanligini hamda xotin-qizlar tomonidan atlas, adras, shoyi va baxmal matolaridan tikilgan kiyimlarni milliy libos sifatida kiyilishi to‘g‘risida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish maqsadida tumandagi "Istiqbol" mahallasida “Men atlas kiyaman”, deb nomlangan milliy kiyimlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazmada har bir milliy kiyimlarga ta’rif berildi. Tadbirga mahallalardagi xotin-qizlar taklif etildi. Tadbir davomida erta turmush qurish, erta tug‘ruq va oilaviy ajrimlarni oldini olish yuzasidan davra suhbati ham tashkil etildi.

Foto: Sirdaryo tumani hokimligi
Foto: Sirdaryo tumani hokimligi
Foto: Sirdaryo tumani hokimligi

Shuningdek, tumandagi "Xazina" mahallasidagi ibratli oila Mamaro‘ziyeva Mukarramning xonadonida, 25 nafar xotin-qizlar ishtirokida “Milliy qadriyatlarimizda kiyinish madaniyatining o‘rni” mavzusida ham tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda "Xotin-qizlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha tuman targ‘ibot guruhi rahbari U.Mirzarapiyeva xotin-qizlar o‘rtasida kiyinish madaniyatiga rioya etish, kiyinish uslublarida milliylik aks etmayotgani, mamlakatimizga chetdan kirib kelayetgan "moda"larga ruju quyilayotgani, o‘quv muassasalarida joriy etilgan maktab formasi haqida tushunchalar berdi. 

Foto: Sirdaryo tumani hokimligi
Foto: Sirdaryo tumani hokimligi

Tadbirda “Xazina” MFY faoli E.Kattaxo‘jayeva tomonidan o‘zbekona kiyinish uslublariga tashkil etilgan milliy kiyimlar ko‘rgazmasi orqali ta’rif berildi. Shu bilan birga tadbirda oilalarda urf-odat va milliy qadriyatlarimizni saqlab qolish, erta nikoh va tug‘ruqning salbiy oqibatlari va yoshlarni yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishning oldini olishga qaratilgan mavzularda “Ishonch” MFY faoli M. Nikuradze, “Xazina” MFY faoli N. Abduraimova va otinoyi S. Muqimovalar ma’ruza qildilar.

Sirdaryo tumani hokimligi Axborot xizmati.

Report Page