Sirdaryo tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i “Soliqchi — ko‘makchi” tamoyili doirasida 2023-yil aprel oyida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berdi

Sirdaryo tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i “Soliqchi — ko‘makchi” tamoyili doirasida 2023-yil aprel oyida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berdi

@Sirdaryotumanpress
Foto: Sirdaryo tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i Siroj Ruziyev.

Bugungi kunda davlat soliq xizmati organlari “Soliqchi – ko‘makchi” tamoyili asosida faoliyat yuritishi ustuvor vazifa etib belgilangan. Xo‘sh, shu o‘rinda “Soliqchi — ko‘makchi” tamoyilining mazmun-mohiyati nimalardan iborat, degan o‘rinli savol tug‘ilishi tabiiy. Eng avvalo, ish boshlayotgan tadbirkorga birinchi qadamidan unga qaysi soliq rejimi qulay va foydali ekanligini tanlab berishimiz zarur. Undan keyingi bosqichda asosiy eʼtibor tadbirkorlik subyektining oyoqqa turib olishiga, faoliyat ko‘rsatmayotganlarini qayta tiklashga, buxgalteriyasini yuritish, hisobotlarni shakllantirish va topshirish, xullas, nima muammosi bo‘lsa hal etish bo‘yicha ko‘maklashishga qaratiladi.

Faoliyatini boshlayotgan tadbirkor qator muammolarga duch kelishi ehtimoldan holi emas. Ayni jarayonda ularga davlat soliq xizmati organlari xodimlari ko‘makchi bo‘lishi zarur.

Faoliyatini endi boshlagan hamda faoliyati davomida qiyinchilikka duch kelayotgan tadbirkorlik subyektlariga “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili doirasida soliq organlari tomonidan yordam berilmoqda. “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili doirasida tumandagi 1050 ta tadbirkorlik subyektlari o‘rganildi. Shundan 655 tasiga ko‘maklashish zarurligi aniqlandi.

Jumladan, dastlabki buxgalteriyani yuritishda 370 ta, SHXVdan ko‘chirma berishda 120 ta, soliq imtiyozlari va ularni qo‘llash tartiblari (E-imtiyoz AAT) bo‘yicha tushuncha berishda 110 ta, soliq organlariga aloqador 55 ta tadbirkorlik subyektlarining muammolari bartaraf etildi.

Prezidentimizning 2021 yil 4 oktyabrdagi qaroriga asosan, chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida nazorat-kassa texnikasidan foydalanishni takomillashtirish hamda yashirin iqtisodiyot hajmini qisqartirish maqsadida xarid summasidan 1 foizi miqdorida keshbek qaytarish mexanizmi joriy etilgan edi. 

Maʼlumki, har bir tadbirkorlik shoxobchasi mahsulot realizatsiyasida QR kodi bo‘lgan fiskal chek berishi shart. Agar ular bunday chekni bermasa yoki plastik kartada savdo qilishni istamasa, xaridor do‘konda tortishib o‘tirmay, bu haqda “Soliq hamkor” tizimi orqali xabar berishi mumkin. Albatta, bunda murojaat qanchalik asosli ekanligi jiddiy tekshiriladi. Qoidabuzarlik holatlari tasdiqlangan taqdirda murojaatchi - soliq hamkor orqali undirilgan jarima summasining 20 foizi miqdorida rag‘batlantiriladi.

“Soliq hamkor” dasturi orqali kelib tushayotgan murojaatlar dastlab soliq xodimlari tomonidan mukammal o‘rganib chiqilib, rad qilish uchun asos bo‘lsagina rad qilinadi.

O‘rganish jarayonida murojaatda qayd etilgan holat isbotlangan taqdirda, ushbu holat yuzasidan qonunchilik doirasida choralar ko‘rilishi mumkin. Murojaat isbotlanmasa, hech qanday chora ko‘rilmaydi.

Davlat soliq xizmati organlari tomonidan asossiz tadbirkorlik faoliyatiga aralashish hamda noqonuniy tekshirish o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

2023 yil 1 yanvardan boshlab aylanmadan olinadigan soliqni qatʼiy belgilangan summada to‘lash tartibi joriy etildi. Bunda soliq to‘lovchilarga jami daromadi 500 mln so‘mdan oshmaganda yiliga 20 mln so‘mlik, jami daromad 500 mln so‘mdan oshganda esa yiliga 30 mln so‘mlik qatʼiy belgilangan summada soliq to‘lashni tanlash huquqi berildi.

Maʼlumot o‘rnida aytadigan bo‘lsak, joriy yil boshidan buyon bugungi kunga qadar Sirdaryo tumanida faoliyat yuritayotgan 277 ta aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchi tadbirkorlik subyektlari qatʼiy belgilangan summada soliq to‘lash tartibiga o‘tdi. Shundan, 249 ta subyekt — 20 million so‘mlik, 42 ta subyekt — 30 million so‘mlik tartibni tanladi.

Taʼkidlash joizki, ushbu tartib tadbirkorlik subektlari uchun quyidagi yengilliklarni yaratib beradi:

🔸buxgalter yollash shart bo‘lmaydi (bunda buxgalterga to‘lanadigan ish haqqi xarajatlari qisqaradi), shuningdek tovarlar hisobini yuritish talab etilmaydi;

🔸soliq organlariga moliyaviy hisobotlar va aylanmadan olinadigan soliq hisobotini taqdim etish majburiyati yuzaga kelmaydi;

🔸bank hisobvarag‘idan dividend tarzida yechib olinadigan mablag‘lar soliqqa tortilmaydi.

Aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchi tadbirkorlar kalendar yilning istalgan oyidan ushbu tartibga o‘tishga haqlisiz. Bunda, aylanmadan olinadigan soliqni umumiy tartibda to‘lashga navbatdagi soliq davridan boshlab qaytiladi.

Eʼtiboringiz uchun rahmat!

Siroj Ruziyev, Sirdaryo tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i.


Report Page