#Sport

#Sport


“Neftchi” O‘zbekiston Kubogidan chiqib ketdi 

O‘zbekiston Kubogi–2017 musobaqasining ikkinchi yarim finalchisi aniqlandi.

27 iyul kuni “Bunyodkor” chorak final javob o‘yinida “Neftchi”ni o‘z maydonida qabul qildi va 3:1 hisobida irodali g‘alabaga erishdi.

Dastlabki o‘yinda 2:1 hisobida zafar quchgan “qaldirg‘ochlar” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (5:2) yarim finalga yo‘l oldi. Turnirning 1/2 finalida Mirjalol Qosimov shogirdlari Samarqandning “Dinamo” klubi bilan to‘qnash keladi.

O‘zbekiston Kubogining yana ikki yarim finalchisi bugun aniqlanadi. “Lokomotiv” chorak final javob o‘yinida “Buxoro” bilan bahs yuritsa, “Nasaf” futbolchilari “Qo‘qon-1912”ga ro‘baro keladi.