#Sport

#Sport


Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi Tojikiston chempionini taslim qildi 

Vadim Abramov bosh murabbiyligidagi “Neftchi” jamoasi 25 iyul oqshomida Tojikistonning “Istiqlol” jamoasiga qarshi o‘rtoqlik bahsida ishtirok etdi. “Qo‘qon-1912” bilan o‘yinda maydonga tushib, “So‘g‘diyona”ga qarshi bellashuvda xordiq olgan asosiy tarkib vakillari ushbu raqobatda yana maydonga qaytishdi.

Tojikiston klubiga qarshi kechgan o‘yinda Farg‘ona klubi raqibga xech qanday imkoniyat qoldirmadi va 2:1 natijasida zafar quchdi. Zaxiradan maydonga tushgan Temur Hakimov hamda Mo‘ydin Mamazulumovlar tomonidan urilgan gollarga qo‘shni mamlakat vakillari bir marta javob qaytarishdi xolos.

Vadim Abramov uchrashuvda quyidagi tarkibdan foydalandi

Asosiy tarkib: O‘tkir Yusupov, Dilyor Irmatov, Doston Tursunov, Kamron Kapadze, Jasur Hasanov, Abdujamol Isroilov, Abdurahmon Abdulhaqov, Mansur Saidov, Muzaffar Muzaffarov, Alisher Shog‘ulomov, Otabek Haydarov

Zaxiradan maydonga tushganlar: Sherzod Hakimov, Mo‘ydin Mamazulumov, Avazbek O‘lmasaliyev, Murod To‘ychiboyev, Muhsin Ubaydullayev, Rizo Ayvazov, Temur Hakimov

Eslatib o‘tamiz, “Neftchi” 27 iyul kuni O‘zbekiston Kubogi chorak final javob uchrashuvi doirasida “Bunyodkor” jamoasi mehmoni bo‘ladi. Uchrashuv soat 19:00ga belgilangan.