Ustoz va murabbiy-Umonqulov G’ayrat-72 yoshida tabiiy fanlarni o’qitishda elektron darsliklar yaratdi.
sirdaryo_xtb
G’ayrat Umonqulov – 1948 yil, 5 mart Xovos tumani ( hozigi Yangiobod tumani) Uchturgon qishlog’ida tug’ilgan. Ota-onasi qishloqda dehqonchilik bilan shug’ullangan. Pedagogik faolyatiga 50 yil bo’ldi.
1970 yil Nizomiy nomli Toshkent pedagogika institutining tabiatshunoslik fakultetini bitirdi. Shu yildan boshlab Boyout tumani 40-umuta’lim maktabida kimyo fani o’qituvchisi bo’lib ishboshladi. Tumandagi 15-,1-umumta’lim maktablarida ham ishladi. 1977-1987 yillarda Boyovut tumani partiya qo’mitasida, kasaba uyushmasida faoliyat ko’rsatdi. 1987-1998 yillarda Boyovut tumanidagi 1-umuta’lim maktabida direktorlik lavozimida ishladi, direktorlik vazifasidan ko’ra o’quvchilarga dars berishni va o’z ustida ko’proq izlanishni istagan G’ayrat bobo direktorlikdan ozod etishlarini so’rab, yana kimyo fani o’qituvchisi bo’lib ish boshladi.
2000-2019 yillar mobaynida Boyovut sanoat kollejida kimyo fani o’qituchisi bo’lib, bir vaqtning o’zida tumandagi ixtisoslashgan maktab–internatida iqtidorli o’quchlar bilan to’garaklar tashkil qildi. 2019-2020 o’quv yilida 40-umuta’lim maktabida o’qituvchilik faoliyatini davom ettirmoqda.
O’qituchilik faoliyatida ko’plab iqtidorli o’quvchilar bilan ishladi, o’quvchlari tuman, viloyat olimpiadalarida g’oliblikni qo’lga kiritib keldi va Respublika olimpiadalarida qatnashdilar. Kollejdagi faoliyatida o’quvchisi Bahriddinov Ma’rufjon “Mendeleev 45-xalqaro olimpiadasi” sovrindori bo’lib, Toshkent tibbiyot oliygohiga imtihonsiz qabulqilindi. Hozirda ushbu o`quvchisi Turkiyada magsturaturada tahsil olmoqda. Shogirdlari Guliston Davlat universitutu, Toshkent Milliy universituti, Toshkent kimyo texnologiya institutlarining kimyo kafedralarida turli lavozimlarda ishlab, ilmiy ishlar bilan shug’ullanmoqdalar. Tuman, viloyat maktablarida 30 dan ortiq shogirdlari kimyo, biologiya fanlaridan o’qituchilik qilib kelishmoqda. 40 dan ortiq shogirdlari tibbiyot oliygohlarida o’qiyapdilar, bitirganlari tibbiyot sohasida ishlamoqdalar. Kimyo ishlab chiqarishda 10 dan ortiq shogirdlari muhandis-texnolog bo’lib islamoqdalar.
Maktab va kollejdagi faoliyati davomida kompyuter texnologiyasi bilan mustaqil shug’ullanib keladi, asosiy faoliyatini kimyo, biologiya darslarini raqamli texnologiya asosida dasturlashga qaratdi. Shu jumladan, 10 dan otiq dasturlar tuzdi va ta’limga tadbiq qildi. Kimyo fanini o’qitishda foydanish uchun Mendeleev davriy jadvalini electron dasturini tuzdi va shu asosda tasviriy ko’rinishini tuzib chiqdi. Bu jadval o’rta-maxsus ta’limi rivojlantirish institutida tasdiqlandi.
Bundan tashqari, hozirda, “Оrganik kimyo I”, “Kimyo V”, “Kimyo VI”, “Kimyo VII”, “Sterio animatsiya”, “Electron dissotsiya”, “Biodars” nomli elektron qo’llanmalarini ishlab chiqqan va ushbu dasturlardan o’quvchilar foydalanib kelishmoqda.
O’qituchi G’ Umonqulov faoliyati davomida yetakchi oily toifalarga loyiq ko’rildi. O’zbekiston Xalq ta’limi, o’rta-maxsus ta’limi a’lochisi ko’krak nishondori.
Hozirda G’ayrat bobo izlanishda davom etmoqda. Kanalimizni kuzatib boring, kelgusi xabarlarmizda qahramonimizning dasturlari va ularni yaratilish tarixi bilan tanishtirib boramiz.
Sirdaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.