"Yashil makon"ga aylanayotgan Shirin shahri

"Yashil makon"ga aylanayotgan Shirin shahri

@shirin_xabarlari

Hududlarda "Yashil makon" umummilliy loyihasi davom etmoqda. Shirin shahrini ko'kalamzorlashtirish, obod qilish maqsadida qarovsiz bo'lgan – yo'l chetidagi yerlar, Boyovut hamda Xovos tumanlariga qolaversa, Toshkent viloyatining Bekobod shahriga tutash bo'lgan, qarovsiz holatdagi hududlarni obod qilish hamda ko'kalamzorlashtirish maqsadida mevali, manzarali archa hamda pavlovniya daraxtlarining ko'chatlari ekilmoqda.

Hududini yanada obod ko'rinishga keltirish, ko'kalamzorlashtirish, ishlarini tizimli ravishda davom ettririshda daraxt ko'chatlari zaxirasini yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Shirin shahrida bu borada ham maqsadli ishlar yo'lga qo'yilgan. 2020-yilning mart oyida jami 22 migndan ortiq manzarali archa daraxti, shuningdek, joriy yilning may oyida jami 5 mingdan ziyod eng tez bo'y ko'rsatuvchi ko'rkam o'simliklardan biri bo'lgan pavlovniya daraxtinining novdalari yerga qadalgan edi.

Bugungi kunga kelib, novdalari ko'chat maqsadida ekilgan manzarali archa hamda pavlovniya o'simliklari ekish uchun tayyor holatga kelib qad rostladi. Shirin shahar Mirzo Ulug'bek mahallasida joylashgan dala hovli hududining yo'l chetiga tutash qismidagi yer maydoni uzoq yillardan buyon qarovsiz holatda edi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yo'lga qo'yilgan "Yashil makon" umummilliy loyihasi asosida ushbu hudud ko'chatlar ekishga tayyor holatga keltirilib, ko'rkam ko'rinishga kelmoqda. Mazkur hududga pavlovniya hamda manzarali archa ko'chatlari ekildi.

Ma'lumot uchun, Shirin shahriga chegaradosh bo'lgan qo'shni tuman, shaharlarga tutash hududlarga, shuningdek, aholi uy-joylaridagi bo'sh yerlar, ichki ko'chalar, ko'p qavatli uylarning tevaragiga va boshqa daraxtlar nisbatan kam bo'lgan hududlarga "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko'kalamzorlashtirish ishlari shahar hokimi Sarvar Sultonov boshchiligida izchillik bilan olib borilmoqda.

Xususan, hududlarga jami 11 ming 300 ta mevali hamda manzarali daraxt ko'chatlari ekilishi reja qilib olingan bo'lib, bugungi kunga qadar jami 9 ming 300 ta ko'chatlar ekildi. Jumladan, 3 ming 500 ga yaqin mevali, mingdan ortiq terak, mingga yaqin gul ko'chatlari, Yapon saforasi, mingga yaqin Qrim qarag'ayi, pavlovniya, 500 yuzdan ortiq shumtol daraxt ko'chatlari ekildi.

Bundan tashqari, qayrog'och, akatsiya, jiyda, Virgin archasi va boshqa turdagi ko'chatlar ham olib kelinib, hududlarga ekish ishlari olib borilmoqda.

Davlatimiz rahbari tashabbus bilan tashkil qilingan "Yashil makon" umummilliy loyihasi ona tabiatga ga'mxo'rlik belgisi bo'lishi bilan bir qatorda, hayrli va savobli amaldir!

Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Report Page