#sessiya

#sessiya


Kun tartibiga kiritilgan masalalar:

-“Sahovat va ko‘mak” jamg‘armasidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.

-2024-yil 1-mavsum “Open byudjet” loyihasi yakuniga ko‘ra Qibray tumanida “G‘olib” deb topilgan takliflarni tanlab olish hamda ularga mablag‘ yo‘naltirish to‘g‘risida;

-Qibray tumanida 2024 yil yanvar-mart oylari davomida mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;

-Qibray tumani mahalliy budjetining 2024 yil 1 yanvar holatiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan xarajatlarga mablag‘lar yo‘naltirish to‘g‘risida;

Axborot beruvchi: Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari-Tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i - Botirov Ulug‘bek.

-Qibray tumani Adliya bo‘limi tomonidan 2024 yil birinchi choragi davomida norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash jarayonida mavjud qonunbuzarliklar yuzasidan axboroti to‘g‘risida.

Axborot beruvchi: Qibray tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi direktori - Xolmuhammadov Sarvar.

-Qibray tumanidagi qishloq xo‘jaligi yer uchastkalarini ochiq elektron auksion savdolari orqali ijaraga berish bo‘yicha tayyorlangan yer tuzish loyihalarini ko‘rib chiqish to‘g‘risida.

Axborot beruvchi:Qibray tuman hokimining Qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – Muxidinov Shaxzod.

-O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5-son Qarorining Qibray tumanidagi ijrosi to‘g‘risida.

Axborot beruvchi: Qibray tumani “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasi rahbari – Yuldashev Ulug‘bek.

-Qibray tumanida yerga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlari to‘liq bo‘lmagan, hujjatdagi va amaldagi maydoni bir-biridan farq qiladigan, doimiy foydalanish uchun ajratilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish holatini o‘rganish natijalari to‘g‘risida.

Axborot beruvchi:Tuman kadastrlar palatasi rahbari o‘rinbosari – Abduganiyev Fayzulla.

-Tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspektsiyasi rahbarining tumanda 2023-yilda Atrof muhitni ifloslanishini oldini olish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida.

Axborot beruvchi:Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspektsiyasi boshlig‘i – Esanboyev Shamsiddin.

-O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Toshkent viloyati, Qibray tuman bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Aholini sanitariya epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonunining tumandagi ijrosi to‘g‘risida.

Axborot beruvchi:O‘zbekiston Respublikasi SEO va JSQ Toshkent viloyati, Qibray tuman bo‘limi boshlig‘i – Davronov Qodirjon.

-O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 20-fevraldagi KQ-687-IV-sonli Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Xalq deputatlari Qibray tumani Kengashi tomonidan tuman huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari hisobotlarini eshitishning tartibini tasdiqlash to‘g‘risida;

-O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4 -apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi KQ-706-IV-sonli qarorining Qibray tumanida ijrosini ta'minlash to‘g‘risida.

Axborot beruvchi: Xalq deputatlari Tuman Kengashi kotibiyati mudiri - Tairov Alim.

Shuningdek, sessiya yakunida tumandagi kommunal soha mas'ullari tomonidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar yuzasidan hisobotlari tinglandi.







Report Page