#seminar

#seminar


Inklyuziv ta'lim bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi

Bugun Oqqo‘rg‘on tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida inklyuziv sinflari mavjud bo‘lgan tumandagi 19 ta umumta'lim maktabi direktorlari ishtirokida "Inklyuziv ta'lim muhitida salbiy stereotiplarni bartaraf etish" mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.

Oqqo‘rg‘on tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi hamda tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda alohida ta'lim ehtiyojiga ega bolalar uchun maktablarda to‘siqlarsiz, qulay muhit yaratishda ta'lim muassasalari rahbarlarining mas'uliyati alohida ta'kidlandi.

Seminar davomida inklyuziv ta'limga nisbatan mavjud salbiy ijtimoiy qarashlar va stereotiplarni bartaraf etish, alohida ta'lim ehtiyojiga ega o‘quvchilarning sinfdoshlari hamda pedagoglar tomonidan to‘g‘ri qabul qilinishini ta'minlash masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Seminar yakunida ishtirokchilar inklyuziv ta'limni rivojlantirish, barcha bolalar uchun teng imkoniyatlar yaratish hamda jamiyatda bag‘rikenglik va o‘zaro hurmat muhitini yanada mustahkamlash yo‘lida bunday amaliy uchrashuvlarning ahamiyati katta ekanini ta'kidladi.



Report Page