Sayt orqali to'lash

Sayt orqali to'lash

Mohirdev ta'lim platformasi

Praktikum kursini xarid qilish uchun tegishli praktikum kursiga kirish kerak. Praktikum kurslarini ro'yxatdan o'tmasdan to'g'ridan to'g'ri sotib olib bo'lmaydi. Batafsil quyida qadamma qadam tushuntirilgan:


1-qadam. Saytga kirib, "Kirish" tugamasini bosasiz.



2-qadam. Agar oldin ro'yxatdan o'tmagan bo'lsangiz va saytda profilingiz yo'q bo'lsa, "Ro'yxatdan o'tish" tugamasini bosasiz. Agar avval ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz, profilingizga kirib, to'g'ridan to'g'ridan to'g'ri 5-qadam'ga o'tishingiz mumkin.



3-qadam. Ro'yxatdan o'tish maydonlarini to'ldirib chiqish zarur. Familiya va ismingizni kiritasiz. Login yoki username qismiga xohlagan so'zni yozasiz, masalan ismingiz va qandaydir sonlar ketma ketligi. Undan so'ng, o'zingiz foydalanadigan emailni kiritasiz va parol o'ylab topib uni ikki marta kiritasiz. barcha maydonlarni to'ldirib bo'lib, "Ro'yxatdan o'tish" tugamasini bosasiz.



4-qadam. Ro'yxatdan muvoffaqiyatli o'tganingizdan so'ng, yana bosh sahifaga qaytasiz.



5-qadam. Profilingizga kirganingizdan so'ng, "Xarid qilish" tugamasini bosasiz.



6-qadam. Ism, familiya, telefon raqamingizni to'ldirib bo'lganingizdan so'ng, to'lov usulini tanlaysiz. Hozircha biz PAYME va CLICK orqali to'lovlarni qabul qilamiz.



7-qadam. Barchasini to'g'ri bajarganingizdan so'ng, "To'lov qilish" tugamasini bosasiz.



8-qadam. Agar PAYME orqali to'lov qilishni tanlagan bo'lsangiz, mana shunday sahifaga o'tasiz (CLICK orqali to'lov qilish pastda tushuntirilgan, 9-qadamga qarang). "PAY" yoki "To'lov qilsh" tugmasini bosasiz.



8.1 - qadam. "To'lov qilish" tugmasini bosganingizdan so'ng, siz PAYMEning rasmiy saytiga avtomatik o'tasiz. Payme orqali 3 xil to'lov qilishingiz mumkin. Birinchisi va eng qulayi - telefondagi Payme dasturi orqali (u qizil bilan belgilangan). Ikkinchisi telefon raqam va parolni terib Payme akkountiga kirish orqali (ko'k bilan belgilangan). Uchinchisi to'liq plastik karta raqamini yozib (qora bilan belgilangan), to'lov qilish. Biz birinchi PAYME dasturi bilan to'lashni masalahat beramiz.



8.2 - qadam. Agar siz Payme dasturi orqali to'lashni tanlagan bo'lsangiz, avtomatik dasturga o'tasiz. dasturdan "To'lash" tugmasini bosib, to'lovni amalga oshirishingiz mumkin. To'lov qilishingiz bilan, darhol saytdagi kurs ochiladi.



9-qadam. Agar siz to'lov usuli sifatida CLICKni tanlagan bo'lsangiz va telefoningizda CLICK dasturi bo'lsa, to'g'ridan to'g'ri click dasturiga o'tasiz. 'To'lash' tugmasini bosib, xarid qilasiz. Kurs uchun to'lov qilganingizdan so'ng, kurs darhol ochiladi.


10-qadam. Saytning yuqori burchagidagi ism va familioyangizga bossangiz, dashboard kelib chiqadi. Ro'yxatdan "Kurslarim"ni tanlab, ochilgan kursda o'qishni boshlaysiz.


Qo'shimcha savollar uchun: @mohirdevsales


Praktikum kurslar ro'yxati

Payme dasturi orqali to'lash

CLICK dasturi orqali to'lash

Ortga qaytish













Report Page