#sarhisob

#sarhisob


2024 yil tumanda 30 mingdan ortiq aholi daromad keltiradigan mehnat bilan band qilindi

Jumladan, o'tgan 2024-yilda Qibray tumani Kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo’limi tomonidan 1810 nafar ishsiz fuqarolar mavjud bo’sh ish o’rinlariga doimiy ishga joylashtirildi. 

2024-yilda o'tkazilgan mehnat yarmarkalari davomida 239 nafar fuqaro ishga joylashtirilgan bo'lsa, 52 nafari kasbga tayyorlash va malakasini oshirishga va 64 nafar haq to’lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi. 

Shuningdek, 844 nafar fuqarolar kasbga o’qitilib, ularning bandligi taʼminlandi. Birgina, "Sayxunobod" va "Uychi" tajribasi asosida 68 ta mahallada jami 2183 ta (umumiy qiymati 135 mlrd 892 mln so’mlik) mikroloyihalar (birgina Uymout mahallasida 110 ta mikroloyiha) amalga oshirilib, 4669 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Hokim yordamchilarining tavsiyalariga asosan, "Oilaviy tadbirkorlik" dasturi doirasida "Onlayn mahalla" platformasi orqali kelib tushgan arizalarga ko'ra, tijorat banklari tomonidan 784 ta loyihalar uchun 9,4 mlrd so’mlik kreditlar ajratilib, 800 dan ortiq ish o’rinlari yaratildi.


Report Page