sammtb .uz

sammtb .uz


SAMARQANDDA O‘QITUVCHILAR QURULTOYI BO‘LIB O‘TMOQDA


Ayni paytda Samarqand shahridagi Prezident maktabida “O‘qituvchilar qurultoyi” boshlandi. Qurultoyni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayev ochib berib, barchaga omadlar tiladi. 

Qurultoydan ko‘zlangan maqsad ta’lim islohotlarini birgalikda amalga oshirish, o‘qituvchilarni yagona kuchga aylantirish hamda mavjud muammolarni muhokama qilish va ularni yechimi bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqishdan iborat.

Qurultoyda boshlang‘ich ta’lim, aniq fanlar, tabiiy fanlar, ona tili va adabiyot yo‘nalishlari bo‘yicha har bir tumandan har bir fanlar kesimida 5 nafardan delegatlar ishtirok etishmoqda. Tadbirda xorijiy va mahalliy mutaxassislar tomonidan ,ilg‘or tajribalar asosida yaratilgan darsliklar majmualari asosida o‘qitish metodikalari, o‘qish savodxonligi va ona tili fanlari doirasida 4K modelini qo‘llash, o‘quvchilarda XXI asr ko‘nikmalarini shakllantirish, loyihaga asoslangan ta’lim, mavjud muammolar va ularni yechimi bo‘yicha davra suhbatlari tashkil etiladi.

Report Page