sammmtb.uz

sammmtb.uz


"KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH, JINOYATCHILIKNI OLDINI OLISH VA YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK" MASALALARI MUHOKAMA ETILDI


Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida Davlat xavfsizlik xizmati, Samarqand viloyat IIB voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo‘limi va viloyat "Milliy gvardiya" boshqarmasi mas’ul xodimlari ishtirokida "Korrupsiyaga qarshi kurashish, jinoyatchilikni oldini olish va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik" masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda kun tartibiga qo‘yilgan masalalar yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar mas’ul xodimlarining ma’ruzalari tinglandi.

Shuningdek, yig‘ilishda Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens nazoratini amalga oshirish bo‘yicha mas'ul xodim O.G‘aniyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasining  2017 yil 3-yanvardagi "Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida"gi Qonuni talabidan kelib chiqib, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha siyosati vazirlik, uning hududiy va tarkibiy bo‘linmalari hamda tizim tashkilotlarida aloqa kanallari orqali korrupsiyaviy xatti-harakatlar to‘g‘risida kelib tushgan xabarlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish REGLAMENTI bo‘yicha tushunchalar berildi.

Yig‘ilishda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi.

Shuningdek, kun tartibidagi boshqa masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.


Report Page