sammmtb.uz
SAMARQANDDAGI 17 TA BOG‘CHALAR XALQARO MЕLQO BAHOLASH TIZIMI SO‘ROVNOMALARIDA ISHTIROK ETMOQDA

Jahon banki va Maktabgacha ta’lim agentligi hamkorligida erta yoshdagi bolalar ta’lim sifati va natijalarini baholash maqsadida xalqaro MELQO (measuring early learning quality outcomes) baholash tizimi asosida 2024-yil aprel oyida ilk bor Markaziy Osiyo davlatlaridan aynan O‘zbekistonda 250 ta davlat MTTlarida maktabgacha ta’lim sifati baholanmoqda. Tasodifiy tanlov asosida tanlab olingan maktabgacha ta’lim tashkilotlari orasida Samarqand viloyatidagi 17 ta DMTT lari ham bor.
Ayni paytda mazkur davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayoni sifatini baholash doirasida so‘rovnomalar tashkil etilmoqda. Xususan, jarayonlar Samarqand shahridagi 98-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ham bo‘lib o‘tmoqda.
Model moduli asosida tasodifiy tanlab olingan ota-ona yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxs bilan suhbatlashish orqali yerta ta’lim va rivojlanishning darajasi baholanmoqda. Mele moduli orqali guruhda ta’lim muhitini kuzatish pedagog va maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori va pedagog bilan suhbat orqali o‘rganilmoqda. Shuningdek, tayyorlov guruhlari ta’lim jarayoni kuzatilmoqda.






Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati