sammmtb.uz

sammmtb.uz


SAMARQANDLIK O‘QUVCHILAR ASOSIY FAN OLIMPIADASINING IV (RESPUBLIKA) BOSQICHIDA UMUMJAMOA HISOBIDA BIRINCHI O‘RINNI EGALLADI

Samarqand viloyat matbuot uyida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan matbuot anjumani uyushtirildi. Unda ta’lim tizimidagi islohotlar samarasi shuningdek, Asosiy fan olimpiadasi respublika bosqichida erishilgan yutuqlar haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Anjumanda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Shahzod Eshonqulov mamlakatimizda keyingi yillarda o‘quvchi-yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularning bilimi va iqtidorini namoyon etishi, zamonaviy bilim olishi, iste’dodini shakllantirishi, sport bilan shug‘ullanishi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishi uchun yaratilayotgan imkoniyat va shart-sharoitlar haqida gapirdi.

Anjumanda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Xurshid Xojiqulov tomonidan joriy yil mart oyida Nukus , Termiz va Toshkent, Samarqand va Qarshi shaharlarida o‘tkazilgan asosiy fan olimpiadasining respublika bosqichi natijalariga bag‘ishlangan prezentatsiyasi namoyish etildi.

-Olimpiadada Samarqand shahridagi 55-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Kamoliddin Daniyarov rus tili fanidan, Samarqand tumanidagi 39-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Mehribon Mardonova tojik tili fanidan, Ishtixon tumani 35-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Suyunova Mohinurxon Rizoxon qizi ingliz tili fanidan 1-o‘rinni egalladi.

Shuningdek, Samarqand shahridagi TATU akademik litseyi o‘quvchisi Diyora Norbo‘tayeva o‘zbek tili fanidan, Narpay tumanidagi 31-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Ne’matullayeva Muxlisa Sherali qizi ona tili va adabiyoti fanidan 2-o‘rinni, Toyloq tumanidagi 21-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Shirin Muhammadaminova o‘zbek tili fanidan, Samarqand shahar 51-IDUM o‘quvchisi Akbarov Aliakbar Bobirovich nemis tili fanidan, Ishtixon tumani 17-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Musurmonov Suhrob Turdimurod o‘g‘li fransuz tili fanidan 3-o‘rinni, Samarqand shahar “Nurli maskan” 59-maktab-internati o‘quvchisi Sheroz Sa’dullayev tarix fanidan 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi va umumjamoa hisobida Samarqand viloyati Respublikada birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu barchamizning yutug‘imizdir, – dedi Xurshid Xojiqulov.

 Tadbirda “Zarafshon” va ”Samarkandskiy vestnik” birlashgan tahririyati Bosh muharriri, senator, shoir va nosir Farmon Toshev ishtirok etib, o‘quvchilarning kelgusi o‘qishlariga omadlar tiladi va o‘zining yaqinda nashrdan chiqqan kitoblarini sovg‘a qildi.


Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati

Report Page