sammmtb.uz
Бахтигул КаршиеваBUGUNDAN INGLIZ TILI FANI O‘QITUVCHILARI UCHUN "KASBIY RIVOJLANISH KUNI" TADBIRLARI BOSHLANDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi “Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-231-sonli Qarori hamda o‘qituvchilarning uzluksiz kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash va kasbiy mahoratini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish orqali umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini yaxshilash yuzasidan vazirlikning 2024-yil 7-avgustdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini bosqichma-bosqich joriy etish to‘g‘risida”gi 246-sonli buyrug‘i tasdiqlangan.
Ushbu buyruqqa asosan, aniq (matematika va informatika) va tabiiy fanlar (fizika, biologiya, kimyo, geografiya) yo‘ynalishida “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.
Yuqoridagi me’yoriy hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida bugundan boshlab, xorijiy tillar yo‘nalishida ingliz tili fanidan "Kasbiy rivojlanish kuni" tadbirlari o‘tkazilishi boshlandi.
Mazkur jarayonlarga 46 ta tayanch maktablari, 4 nafar master-trener, 49 nafar mentor-trener, 1228 nafar yetakchi o‘qituvchi, 4165 nafar fan o‘qituvchilari jalb etildi.
Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati