sammmtb

sammmtb


BAYRAMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN AZIZ VATANDOSHLAR!


Qadrli yurtdorshlar, aziz ustozlar!

Sizlarni 8-dekabr-O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi bayrami bilan chin dildan tabriklayman! 

Bosh Qomusimiz-farovonligimiz va baxtimiz kafolatidir.

Ta’kidlash joizki, ta’lim sohasini rivojlantirishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosiy o‘rin tutadi, chunki aynan qonunchilik normalari nafaqat chegaralarni, balki butun ta’lim jarayonida asos bo‘lgan tamoyillarni ham belgilaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahririda ta’lim masalalariga bag‘ishlangan alohida modda mavjud. IX bobning, 50-moddasiga ko‘ra, "Har bir shaxs to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’lim olish huquqiga ega, davlat uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirishni ta’minlaydi, maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirish uchun sharoitlar yaratadi, umumiy o‘rta va boshlang‘ich kasb-hunar ta’limining bepul bo‘lishini kafolatlaydi". Shuningdek, 52-moddasiga ko‘ra, "O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog‘lom, barkamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqning ma’naviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosi sifatida e’tirof etiladi.

Davlat o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi."- deya belgilab qo‘yilgan. Bu esa o‘z navbatida ta’lim sifatini oshirishda o‘qituvchining sha’ni va qadr qimmatini himoya qilishda Konstitutsiyamiz mustahkam qalqon vazifasini o‘taydi.

Sizlarni, butun xalqimizni Bosh qomusimiz qabul qilingan kun bilan yana bir bor samimiy muborakbod etaman. Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilayman!


Hurmat bilan,

Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i v.v.b. Farrux Boltayev

Report Page