OTA-ONALAR BILAN HAMKORLIK ILMIY FAOLIYATIMIZ NATIJADORLIGIGA VA SALOHIYATLI KADRLAR TAYYORLASHGA XIZMAT QILADI

OTA-ONALAR BILAN HAMKORLIK ILMIY FAOLIYATIMIZ NATIJADORLIGIGA VA SALOHIYATLI KADRLAR TAYYORLASHGA XIZMAT QILADI


Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filialida ilmiy-amaliy faoliyat davomida bu boradagi vazifalarga alohida e'tibor qaratilmoqda. 

Joriy yilning 5-6-noyabr kunlari Pedagogika va tillarni o‘qitish hamda Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakultetlarida ota-onalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Pedagogika va tillarni o‘qitish fakultetida o‘tkazilgan ota-onalar yig‘ilishida SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali direktori Sherzod Urakov, fakultet dekani Anvar Sobirov va boshqalar universitet va ota-onalar hamkorligi talabaning o‘z majburiyatini belgilangan talab asosida bajarishi, ilmiy salohiyat yuksalishiga xizmat qilishini ta'kidladi. Filialda ayni paytda olib borilayotgan ishlarga to‘xtalib, ota-onalarning savollariga javob berishdi. 

Ota-onalar yig‘ilishi davomida Pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti yo‘nalishlariga birinchi o‘rinda grant asosida o‘qishga kirgan, ayni paytga qadar ko‘rik-tanlov va musobaqalarda ijobiy natijalarga erishayotgan talabalarning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi. 

Ota-onalarga individual tartibda farzandlarining xulq-atvori, bilim olishga ishtiyoqi xususida asosli ma'lumotlar taqdim etilib, muhokama qilindi. 

Ota-onalar kengashi tuzildi. Kattaqo‘rg‘on shahridagi 11-IDUM direktori, Pedagogika va tillarni o‘qitish fakultetida farzandi ta'lim olayotfan Ozoda Salimova kengash raisi sifatida tavsiya qilindi.

Report Page