Mafiya o'yinidagi rollar (qahramonlar).

Mafiya o'yinidagi rollar (qahramonlar).

Ahmadkhon





TINCH AHOLI

Kechasi uxlaydi va kunduzi yomon rollarni topishga va ularni osishga harakat qiladi (ovoz berish o'tkaziladi).





DON

Mafiyalarning rahbari. Kechasi hamma mafiyalar bilan birgalikda kimni o'ldirishni tanlaydi va hukmni ijro etadi.





MAFIYA

Mafiya oilasining a'zosi. Kechasi boshqa mafiyalar bilan birga kimni o'ldirishni tanlaydi. Agar eski don o'lsa, yangi don bo'lishi mumkin.




KOMISSAR KATANI

Tartib qo'riqchisi. Kechasi u o'yinchilardan birining rolini bilishi yoki o'ldirishi mumkin.





SERJANT

Komissar yordamchisi. U komissar tomonidan barcha tekshiruvlar haqida bilib oladi va komissar vafot etgan taqdirda u yangi komissar bo'ladi.





SHIFOKOR

Shifoxona ishchisi. Kechasi u o'yinchilarning biriga kelib, uni hayotini saqlab qolishi mumkin. Har bir o'yinda faqat bir marta o'zinikini saqlab olishi mumkin.





QOTIL

Har kechasi kimdurni o'ldiradigan aqldan ozgan odam. Maqsadi - hammani o'ldirish!





MASHUQA

Tinch aholilarning tarafdori. Butun tun davomida qaysidur o'yinchini chalg'ita oladigan qiz (agar uni o'zini o'ldirishmasa). U tanlagan o'yinchi butun tun va keyingi kun davomida hechtima qila olmaydi.





ADVOKAT

Mafiyalarning tarafdori. U mafiya kimligini bilmaydi va kimni qo'riqlashni tasodifan tanlaydi. Agar komissar u qo'riqlagan o'yinchini tekshirsa, o'sha o'yinchi tinch aholiligi haqida ma'lumot oladi (hatto bunday bo'lmasa ham).





SUIDSID

Hech kimga tarafdor emas. Faqat kunduzdagi ovoz berishda u osilsa - u g'alaba qozonadi.





DAYDI

Tinch aholilarning tarafdori. Tunda shahar bo'ylab kezadi va har qanday sodir bo'lgan voqealarning guvohi bo'lishi mumkin (kim kimga kelganini bila oladi).





OMADLI

Qolganlardan ko'ra omadliroq aholi - agar uni o'ldirishsa, u 50/50 tirik qolishi mumkin.





KAMIKADZE

Agar uni osishsa, o'zi bilan qabrga birovni olib keta oladigan aholi.





Report Page