#rasmiy_munosabat

#rasmiy_munosabat


 

 Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri Navo MFY “Mustaqilik” ko‘chasi 1/5-uyda 60 ta oila yashashi, kamchiliklar ko‘p bo‘lsa-da, uy foydalanishga qabul qilingani, kanalizatsiya tizimi nosoz holatda ekanligi haqida murojaat tarqaldi.

Aniqlanishicha, Qarshi shahar “Navo” mahallasi hududida joylashgan katta kanalizatsiya qudug‘ida nosozliklar kelib chiqishi natijasida 1/5-sonli ko‘p qavatli uyning yerto‘la qismiga kanalizatsiya chiqindi suvlari qaytib tushgan. Ko‘p qavatli uylarga texnik xizmat ko‘rsatib kelayotgan Boshqaruv kompaniyasi hamda Qarshi shahar “Suv ta’minoti” bo‘limi ishchi guruhi tomonidan mazkur nosozliklar bartaraf etildi.

Shuningdek, ko‘p qavatli uylarga texnik xizmat ko‘rsatib kelayotgan “Yangi Navo Baraka” MCHJ Boshqaruv tashkiloti tomonidan 1/5-sonli ko‘p qavatli uyning yerto‘la qismida profilaktika ishlari amalga oshirildi hamda yig‘ilib qolgan chiqindi suvlarini olish ishlari amalga oshirildi.

Quritish ishlari olib borilib, qurigandan sung dezinfeksiya qilish ishlari amalga oshiriladi.

👉https://t.me/qashkommunalxizmat




Report Page