#rasmiy_munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda "Oltiariq tumanidagi 1-sonli shifoxonada daraxtlar kesilmoqda" mavzusida tarqalgan xabarga Farg‘ona viloyat Ekologiya boshqarmasi rasmiy munosabati.
Mazkur xabarga ko‘ra Farg‘ona viloyat prokuraturasi viloyat Ekologiya boshqarmasi Oltiariq tuman bo‘limi bilan birgalikda, joyiga borib o‘rganish nazorat ishlari olib borildi.
O‘rganishlar davomida haqiqatdan ham tuman Markaziy shifoxonasi hududidagi 4 tup chinor daraxti tuman Ekologiya bo‘limi davlat inspektorlarini xabardor qilmagan holda, ostidan kesib yuborilgani aniqlandi.
Chinorlarni kesilishiga sabab, shifoxona masʼullari taqdim etgan hujjatlarga ko‘ra, ushbu kesilgan daraxtlar biologik kasallanib, qurib qolgani, qurishi natijasida shifoxonadagi fuqarolarga xavf solishini oldini olish maqsadida,O‘simliklarni himoya qilish karantini hamda O‘rmonchilik xo‘jaligi tashkilotlarining tegishli xulosalariga asosan ostidan kesib yuborilgan.
Mazkur holat yuzasidan shifoxonaning xo‘jalik ishlari mudiri R. Yuga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 1-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 3 400 000 so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi.
Farg‘ona viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati