#rasmiy_munosabat

#rasmiy_munosabat

         

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Muborak tuman “Bobur” MFY mahallasidagi ko‘p qavatli uyning podvalidagi kanalizatsiya quvuridan suv toshib yotgani xususida xabarlar tarqaldi. 

Ushbu muammo Muborak tuman uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi ishchi guruhi, “Muborak ulkan inshoati” MCHJ boshqaruv servis tashkiloti rahbari ishtirokida o‘rganib chiqildi.

 

O‘rganish davomida, “Bobur” mahallasi hududida joylashgan ko‘p qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida bosqichma-bosqich ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilganligi, jumladan mahalladagi 8/3-sonli ko‘p qavatli uyning yerto‘la qismidagi kanalizatsiya quvurlarida nosozliklar mavjudligi, ushbu nosozliklar sababli yerto‘lada chiqindi suvlari tushayotganligi aniqlangan. Ushbu ko‘p qavatli uylarga texnik xizmat ko‘rsatib kelayotgan “Muborak ulkan inshoati” MCHJ boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan mazkur nosozliklar bartaraf etilib, hozirgi kunda yerto‘lada quritish ishlari olib borilmoqda.

 

👉https://t.me/qashkommunalxizmat




Report Page