#rasmiy_munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Chirchiq shahridagi 30-sonli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotida imkoniyati cheklangan bolalarga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lingani aks etgan videolavha yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.
Mazkur holat boʻyicha Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan ishchi guruh tuzilib, tegishli mas’ullar ishtirokida tarbiyachilarning ushbu xatti-harakatlariga nega yo‘l qo‘yilgani yuzasidan batafsil o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
O‘rganishlar yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.