ozmoqchi bo`lsangiz

ozmoqchi bo`lsangiz

Kamol To'xtayev

OZMOQCHI BO'LSANGIZ 

Haddan tashqari semirib ketish tana harakati faolligiga, modda almashinuviga gkatta zarar yetkazadi. Semizlik tufayli tomirlar qisilib- torayib ketadi, hujayralarga kislorod tashish susayadi, natijada ruhning mizoji buzilib, tana faoliyati mo''tadil ishlay olmaydi. 

Semizlik nafas qisishi, xafaqon, sakta, falaj kabi kasalliklarga yo'l ochadi, rutubatlar ichga ketib qolinti xavfi paydo bo'ladi. Semiz kishilar ruh yo'llarining torligi, mizojlarining haddan tashqari sovukdigi, qonning kamligi va balg'am ko'pligi tufayli ochlik va tashnalikka chidolmaydigan bo'lib qolishadi. 

Ibn Sinoning «Tib qonunlari’da semiz kishini ozdirish uchun quyidagi tadbir keltirilgan: ichak tutqichlaridagi kichik vena tomirchalari ovqatni batamom so'rib olmasligi uchun taomni me'da va ichakdan tez o'tkazish, mikdori ko'p-u, ammo quvvati oz ovqat yeyish, taomdan oldin hammom qilish, serharakat bo'lish, badantarbiya mashqlari bilan shug'ullanish lozim. Ma'junlardan (murakkab dorilardan) kichik atriful ma'juni, lakk dorisi va taryoq ishlatish, erta nahorda sirkaga murriy qo'shib ichirish kerak. 

Suyuq ovqatlar semirtirgani uchun ularni kamroq iste'mol qiling, aksincha, quyuq ovqatlar ozdirgani uchun ko'proq shunday ovqatlar yeng.

MAXSUS TEST 

Qomatidan noliydigan ayrim xotin-qizlar tarozidagi ortiqcha vaznni ko'rgan zahoti sababini anglamay, turli parhezlarni qo'llashga kirishadi. Ammo bu har doim ham kutilgan natijalarni bermaydi. Ayrim hollarda hatto bunday parhezlarning organizm uchun salbiy ta'siri ham kuzatiladi. 

Ozish uchun kerakli parhezni tanlash, albatga, muhim. Lekin buning uchun eng avvalo organizmdagi moddalar almashinuvi jarayoni qanday kechayotganini anikdab olish va shifokor bilan maslahatlashish lozim bo'ladi. E'tiboringizga havola etilayotgan kichik test aynan shu holatni aniqlashda sizga asqotadi, degan umiddamiz. 

1. Apel`sin sharbati qabul qilganingizdan so'ng organizmingizda qanday o'zgarishlarni his etasiz? 

A) U menga kuch-kuvvat batshlaydi. 

B) Sharbat ichganimdan so'ng ishtaham ochiladi. 

S) Hech qanday o'zgarish sezmayian. 


2. Ishtahangizni qanday baholaysiz? 

A) Ko'p ham, kam ham yemayman. 

B) To'yib ovtsatlaniishi yok/piraman. 

S) Taomga qarab har xil. 


3. Uyqudan oddin ovqatlanish sizga qanday ta'sir ko'rsatadi? 

A) Ovqatdan keyin yomon uxlayman. 

B) Ajoyib! Och krrip bilan uxlab bo'ladimi?!

S) Tez hazm bo'lmaydigan ovkrtlarni yesamgina, yomon uxlashim mumkin. 


4. Ovqatga bo'lgan munosabatingiz? 

A) Yeyish kerak bo'lgani uchungina ovqatlanaman. 

B) Rohatlanib ovqatlanaman, ovqat haqida tez- tez o'ylayman. 

S) Ovqatni maza qilib yeyman, lekin buhakda ko'p o'ylamayman. 


5. Deylik, tushlikdan voz kechishingizga to'g'ri kelib qoldi? 

A) Muammosiz. 

B) Tuialik qilmasam, ta'sirchan bo'lib krlaman. 

S) Vak/pida ovkrtlansam, o'zimni yaxshi his qilaman. 


6. Qanday ovqatlanishni xush ko'rasiz? 

A) Tez-tez, ammo oz-ozdan ovshtlanish ma'kul. 

B) Kuniga 2-3 marta to'yib ovqatlanmasam bo'lmaydi. 

S) 2-3 marta to'yib ovqatlanishdan tashqari, bir necha marta yengil tamaddi qilib olaman. 


7. Yog'li taomlarga munosabatingiz? 

A) Bunday taomlardan so'nguykusirab, o'zimni lohas sezaman. 

B) Ancha paytgacha to'h yuraman. 

S) Yog'li taomlarga xushim bo'lmasa-da, ular menga muammo tug'dirmaydi. 


8. Go'sht va pishloqqa xushingiz qalay? 

A) Tez hazm bo'lmasligi sababli oshhozonimda og'irlik hissini sezaman.

B) Yaxshi, bu mahsulotlar kuvvatimni oshiradi. 

S) Ayniqsa, sabzavotlar bilan birga sevib iste'mol qilaman. 


9. Siz shirinliklarni yoqtirasizmi? 

A) Albatta! Ularsiz yashay olmayman. 

B) Yo'q. Ulardan so'ng ishtaham ochiladi. 

S) Bir necha bo'lak shokolad yeyishim mumkin, ammo yemasam ham, hech narsa o'zgarmaydi. 


10. Qahvaga munosabatingiz… 

A) Qaxra ichsam, kamroq ovqatlanaman. 

B) Uni shirinlik bilan birga iste'mol qilaman. 

S) Qahva menga tetiklik bag'ishlaydi. 


11. Tez vazn ortgirishga moyilmisiz? 

A) Ko'p ovqatlansam ham, ortiqcha vazn deyarli qo'shilmaydi. 

B) Har qanday shirinlik qomatimda o'z «asorati’ni qoldiradi. 

S) Bir necha hafta tinmay ko'p miqdorda ovqatlanish o'z natijalarini tezda ko'rsatadi. 


12. Qomatingiz qaysi tipga tegishli? 

A) Bo'ksa qismi yelkaga nisbatan keng. 

B) Keng yelkali. 

S) Bo'ksa va yelka bir xil kenglikda. 


Natija eng ko'p tanlangan javoblarga qarab anikdanadi: 

A javobi (uglevodli parhez) 

Maslahat. Sizdagi modda almashinuvi jarayonidan kelib chiqib, ortiqcha vazndan xalos bo'lish uchun uglevodli parhezga rioya qilishingizni maslahat beramiz. Ratsioningyzni 60% ini uglevodlar (meva-sabzavotlar, boshokdi va dukkakli mahsulotlar) va 40% ini oqsil modda l dr (baliq, go'sht, yog'sizlantirilgan sut mahsulotlari) taptkil etishiga e'tibor bering. Taomni iloji bo'lsa, zaygun va kungaboqar yog'ida pishirsangiz, maqsadga muvofiq bo'ladi. Ochlik xurujiga aslo yo'l qo'yib bo'lmaydi, shuning uchun muntazam ovqytlanish tartibiga qat'iyan rioya qiling. 

Tavsiya etilmaydi: yog'li taomlar. Haftasiga bir marotaba yog'siz baliqeyish tavsiya etiladi. B javobi (oqsilli parhez) Maslahat. Sizga utlevodlar mikdori kam bo'lgan, oqsilga boy taomlar tavsiya etiladi. 

Ovqatlanish paytida taomingiz tarkibini 60-70% oqsil va 30- 40% uglevodlar tashkil etishiga e'tibor bering. 

Tavsiya etilmaydi: makaron mahsulotlari, kartoshka va oq non. 

S javobi (aralash parhez) Maslahat. Oqsil va uglevodlar o'rtasidagi balansni ushlab turing. Siz uchun taomlar tarkibida oqsil va uglevodlar 50X50 bo'lishiga e'tibor bering. 

Tavsiya etilmaydi: xamirli ovqat va pishirikdar, gazlangan yaxna ichimliklar va shakar choy.

Manba: Mutola.uz sayti

Report Page