Overdraft

Overdraft

O'zsanoatqurilishbank


Overdraft kredit - jismoniy shaxlarga ularning shaxsiy iste’mol extiyojlarini qondirish maqsadida ish haqi va pensiya hisob-kitobi uchun emissiya qilingan shaxsiy plastik kartasiga naqd pulsiz shaklda mablag‘ o‘tkazish orqali beriladigan kredit.


Jismoniy shaxslar tomonidan overdraft kreditidan foydalanish “UZPSB Mobile” dasturiy ta’minotining “Overdraft” ilovasi yordamida amalga oshiriladi.

📲 http://goo.gl/rpgHor (Android dasturi uchun),

📲 https://itunes.apple.com/vn/app/uzpsb-mobile/id1125872822?mt=8 (IOS dasturi uchun).


Mijozga limitini belgilashda, mijozning plastik kartasiga oxirgi 12 oy davomida ish haqi va unga tenglashtirilgan tushumlarni o‘rtacha 3 oylik miqdorida belgilanadi.

Shuningdek, bank plastik kartasida olti oydan kam tushumga ega yangi korporativ mijoz xodimlariga ham qarz oluvchining daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotnomalaridan kelib chiqqan holda o‘rtacha uch oylik ish haqi miqdorigacha overdraft krediti ajratilishi mumkin.


Asosiy shartlari:

- Overdraft xizmatidan foydalanganlik uchun yillik 24% ustama haq hisoblanadi;

- ochiq kredit liniyasi hisobidan 12 oy muddatgacha beriladi, bunda kreditning oxirgi 4 oyi kredit miqdori 25 foizdan kamaytiriladi hamda oxirgi oyi (12-oy) kredit ajratilmaydi va qarzdorlik to‘liq so‘ndiriladi;

- ish haqi hisob-kitobi va pensiya uchun emissiya qilingan Bank plastik kartochkasiga pul o‘tkazish yo‘li bilan bank mijozlari va bank xodimlariga ajratiladi;

- mijozning plastik kartasiga mablag‘ kirim qilinishi bilan olingan kreditning qarzdorliklarini so‘ndirish uchun mablag‘ akseptsiz chiqim qilinadi hamda qayta tiklanadigan (revolver) shaklda kreditning so‘ndirilgan qismidan foydalanish imkoniyati mavjud bo‘ladi.