Toshkent moliya instituti Talabalar kengashi hamda Ozarbayjon Respublikasi “Yosh islohotchilar” jamoat birlashmasi rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent moliya instituti Talabalar kengashi hamda Ozarbayjon Respublikasi “Yosh islohotchilar” jamoat birlashmasi rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

TMI Axborot xizmati

Joriy yilning 24-aprel kuni Toshkent moliya instituti Talabalar kengashi hamda Ozarbayjon Respublikasi “Yosh islohotchilar” jamoat birlashmasi rahbari Farid Shahbazli va Ozarbayjon Respublikasi “Azhabar.az” media markazi rahbari Xajibey bilan birgalikda ochiq muloqot tarzida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.










Mazkur uchrashuvda Farid Shahbazli Ozarbayjon Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi uzoq yillardan qardosh xalq ekanligini, mamlakatlar o‘rtasida ijtimoiy, madaniy, iqtisodiy aloqalar tobora mustahkamlanib borayotganligini ta’kidlab o‘tdi.

 

Shu bilan bir qatorda, Ozarbayjon va O‘zbekiston talaba-yoshlari o‘rtasida yozgi maktablar tashkil etish hamda talabalar almashinuvi dasturi asosida akademik mobillikni yo‘lga qo‘yish, avvalo, O‘zbekiston talabalari bilan birgalikda onlayn konferensiya va forumlarni tashkil etish va ikki mamlakat o‘rtasida madaniy, ijtimoy, iqtisodiy holatni o‘rganish borasida talabalar qiziqishlari asosida turli loyihalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha suhbat bo‘lib o‘tdi.


Report Page