Onlayn-maktab – 2019-yilning trendi!

Onlayn-maktab – 2019-yilning trendi!

Najot Ta'lim

Avvalo, keling, onlayn-maktab nima ekanligi haqida gaplashamiz. Onlayn-maktab - bu talaba va oʻqituvchi oʻzaro aloqada boʻlgan Internet orqali masofaviy taʼlim.

Mamlakatimiz taʼlim tizimida sezilarli oʻzgarishlar roʻy berayotganligi kun sayin yaqqol koʻrinib bormoqda. Turli taʼlim shakllari qatori ayniqsa, masofadan oʻqitish keng qoʻllanilayotganligi ham quvonchli hol.

Koʻpchilik Intеrnеtdan faqatgina yangiliklar bilan tanishish, informatsiya qidirish, elеktron pochtadan foydalanish yoki gap sotish uchun foydalanishi sir emas. Intеrnеtning imkoniyatlari kundan - kunga oshib bormoqda. Intеrnеtdan foydalanishning yangi bosqichi boshlandi, yaʼni Intеrnеt turli sohalarga tadbiq qilindi. Intеrnеt tеxnologiyalar: masofadan oʻqitish, elеktron kutubxonalar, tеlеmеditsina, tеlеmеtrologiya, elеktron tadbirkorlik, elеktron magazinlar va boshqalar.

Online-maktabning avzaligi shundaki, siz qayerda boʻlishingizdan qatʼiy nazar oʻz sohangiz boʻyicha online taʼlim olasiz.

Agar siz ham onlayn taʼlim olishni istasangiz “Najot Taʼlim” markazi masofaviy tarzda oʻtiladigan Grafik dizayn kurslarini tashkil etdi. Endi siz dunyoning qaysi qismida boʻlsangiz ham ushbu kurslarda ishtirok etishingiz, dizaynga oid bilimlarni egallashingiz mumkin.

Siz ushbu kurslarda Photoshop, Illustrator, Adobe XD, Corel Draw dasturlarini oʻrganish bilan birgalikda professional grafik dizayner bilishi kerak boʻlgan barcha maʼlumot va koʻnikmalarga ham ega boʻlasiz!


Keling, ushbu kurs haqida ma'lumot berishdan avval grafik dizayner aslida kim, uning vazifalari nimalardan iborat, grafik dizayner bo'lish uchun o'quvchidan nimalar talab qilinadi, kabi savollarga javoblarni ko'rib chiqamiz. 

Grafik dizayner vazifalardan asosiysi kompaniyaning stilini yaratish. Yoki zamonaviy termin bilan aytganda firmaning brendini yaratishdir. Masalan, logotip, ranglar yondashuvi, shrift va boshqalar.Grafik dizayner poligrafiya sohasida ham ishlashi mumkin. Poligrafik mahsulotlarning reklama maketlarini (buklet, flaer, kalendar kabi ) yasash. Qadoqlash dizayni bilan shug'ullanish. Veb saytlar dizayni, logo branding va unga talluqli barcha dizaynlar mahsulotlari, shuningdek kitob va jurnallar maketlarini tayyorlash.

— Ishlab chiqaruvchi;

— Nashriyotlar;

— Dizaynerlik firma va studiyalari;

— Reklama agentliklari;

— Firma va kompaniyalar;

Hozirgi vaqtda biz bilgan ko'plab grafik dizaynerlar mustaqil ravishda o'z ishini olib bormoqda. 9 mln (!) so'm oylikka ishlashni istamagan grafik dizaynerlarni ham bilamiz. Balki siz ular tajribali dizaynerda deyishingiz mumkin. Shu joyida sizni xursand qilishimiz mumkin. Ularni ham bu sohaga kirganiga ko'p bo'lgani yo'q. Lekin bu kasb egalari hozirda eng talabgorlardan biri desak xato qilmagan bo'lamiz.Bizning mintaqada grafik dizaynerning o'rtacha maoshi 4 000 000 so'mdan 12 000 000 so'mgacha ekan. Bu albatta o'rtacha narx. Ishonmasangiz biror grafik dizaynerdan oddiy logotip yasash qanchaga tushishini so'rab ko'ring! Bu kasb egalari kamligidan hatto oylab kutishga ham rozi bo'lar ekansiz.

Grafik dizayner u reklama bannerlari, flaer va bukletlar, nishon va sertifikatlar, hayotimizda ko'rishimiz mumkin bo'lgan ko'plab narsalarni tayyorlaydi. Internet saytlar, mobil ilovalar, jurnal va gazetalar, kitob va disk muqovalari, restoran menyulari, mahsulot kataloglari, vizitkalar, mahsulot qadoqlari, sanoat tovarlari. Bularning barchasi grafik dizaynerning vazifasidir. Mana shulardan tushunish mumkinki, biz qaerga borsak grafik dizaynerning turli xildagi mehnatini albatta ko'ramiz.

Logo (branding) — kompaniyaning yuzi. Mahsulot dizayni esa, o'sha mahsulotni sotilishiga eng birinchi sabab bo'ladi.Shunday ekan har bir firma o'zining shaxsiy stili bo'lishini xohlaydi. Mijozlar uni ana shu stillar orqali ajrata olishini xohlaydi. Har bir ishlab chiqaruvchi o'zining mahsulotiga va uni sotishga, uni zamonaviy ko'rinishda qadoqlashga e'tibor beradi. Bu bilan grafik dizayner shug'ullanadi. 

Bu grafik dizaynerni asosiy sohasidan biri. Bunda dizayner uzoq xizmat qiladigan va zamon talablariga mos bo'lgan, o'qish qulay matn shriftlarini tayyorlaydi. Har bir shrift o'z xarakteriga ega bo'ladi. 

Reklamachilar mijozlar bilan oson munosabat o'rnatish uchun bozorlarni, katta sonli auditoriyalarni qidirishadi va reklamali konseptsiyalarni tarqatishadi. Buning uchun ular grafik dizaynerga murojaat qilishadi. Biz ko'rib turgan ijtimoiy tarmoqlardagi barcha dizaynlarni ham aynan grafik dizaynerlar tomonidan tayyorlanadi.

Yorqin jurnal ishlab chiqarishda dizayner yozuvlar jadvali va har bir sarlavhaning o'z xarakteridan kelib chiqib stilistikani ishlab chiqadi. 

Ushbu masofaviy "Grafik dizaynerlik" kursida istalgan kishi qatnashishi mumkin bo'lib, darslar telegramda yopiq kanalda olib boriladi. Haftada 5 kun darslar kanalga joylab boriladi. Har bir qatnashuvchiga individualniy yondashiladi. O'quvchilardan har kunlik darslar bo'yicha vazifalar qabul qilib olinadi.

Kurs uch bosqichda uch oy davom etadi. Yaʻni siz bir vaqtning oʻzida butun kurs uchun emas, har bir bosqich uchun oylik toʻlovlarni alohida toʻlash imkoniyatiga ega boʻlasiz. Siz uch oy davomida:

– Photoshop (davomiyligi 1 oy, narxi 300 ming soʻm);

– Illustrator (davomiyligi 1 oy, narxi 250 ming soʻm);

– Corel Draw, Adobe XD (davomiyligi 1 oy, narxi 200 ming soʻm);

dasturlari haqida yetarlicha ma'lumot beriladi. Har bir dars video, audio va matn holatda beriladi. Ushbu darslarda siz, chinakam dizayner uchun qanday ma'lumot va tajriba kerak bo'lsa barchasini o'qib o'rganasiz.

Kursni muvaffaqqiyatli tamomlaganingizdan so'ng sizga maxsus sertifikat beriladi. 

Administratorga bogʻlanish: http://t.me/najoteduadmin

Telegram: https://t.me/najotedu

Facebook: https://www.fb.com/najotedu

Instagram: https://instagram.com/najottalim

Twitter: https://twitter.com/najottalim



Report Page