oq qon hujayralari

oq qon hujayralari



Oq qon hujayralari inson immunitet tizimining asosiy elementidir. Ilmiy tadqiqotlarda aniqlanishicha, bir kun roʻza tutilsa, oq qon hujayrasi paydo boʻlib, insonni turli kasalliklardan oʻn kun saqlashga kifoya qilar ekan. Qamariy yil esa 355 yoki 356 kunga toʻgʻri keladi. Organizm uchun bir yilga yetadigan oq qon hujayralarini paydo qilish uchun 36 kun roʻza tutishimiz kerak ekan. Demak, shavvol oyida yana olti kun roʻza tutsak, immunitet tizimini toʻliq tiklagan boʻlar ekanmiz!

Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Kim Ramazon roʻzasini tutib, ketidan shavvolda olti kun roʻza tutsa, yil boʻyi roʻza tutgandek boʻladi”, deganlar».

Imom Muslim rivoyati.

Sharh: Ramazon oyidan keyin keladigan shavvol oyida olti kun nafl roʻza tutishga targʻib oʻziga yarasha hikmatlarga ega. Avvalo, dinimizda doimo nafl roʻza tutib yurishga targʻib bor. Qolaversa, Ramazonda bir oy roʻza tutib yurib, shavvolda birdan oʻzini ovqatga urish ham yaxshi emas. Tabiblar ham uzoq muddat ochlikdan keyin ovqat isteʼmolini asta-sekin koʻpaytirib borishni tavsiya qiladilar. Zero, roʻza tugashi bilan shayton ham ishga kirishib, hayit kuni koʻp ovqat yeyishga chorlaydi. Natijada koʻpchilik insonlarning meʼdasi buzilib, oshqozonida muammolar yuzaga keladi. Xalqimiz “Nafsi yomon hayitda oʻlar”, deb bejiz aytmagan. Moʻmin banda hayitning ertasidan yana roʻza tutishni boshlasa, shayton diqqinafas boʻlib, “Bu odamni yoʻldan urib boʻlmas ekan, bir oy roʻza tutib charchamabdimi, bundan buyogʻiga ham charchamaydi” deb, uni adashtirishdan noumid boʻladi.

Alloh ulugʻdir!

Naqadar buyuk Zotsan, Robbim!

Anvar Ahmad

Report Page