#ochiq_muloqot
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining 2026-yil 13-apreldagi 147-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Hafta hujjati” tartibi doirasida navbatdagi hafta Oʻzbekiston Respublikasining “Ijtimoiy ish toʻgʻrisida”gi Qonuni mazmun-mohiyatini oʻrganishga bagʻishlandi.
Mazkur hafta davomida tizim tashkilotlari xodimlarining huquqiy bilim va koʻnikmalarini oshirish, ijtimoiy ish sohasidagi qonunchilik talablarini chuqur oʻzlashtirish hamda amaliy faoliyatda toʻgʻri qoʻllash maqsadida onlayn oʻquv mashgʻulotlari tashkil etilmoqda.
Mashgʻulotlarda qonunning asosiy mazmuni, ijtimoiy ishning tamoyillari, ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishda qonunchilik talablariga rioya etish hamda mutaxassislarning masʼuliyati kabi muhim masalalarga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Huquqiy bilim — sifatli ijtimoiy xizmatning muhim poydevori.