nizom
Yoshlar ittifoqi uzdjtu“Mening O‘zbekistonim” videorolik tanlovi
NIZOMI
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom oliy ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi barcha talaba-yoshlar o‘rtasida “Mening O‘zbekistonim” videorolik tanlovini (bundan keyingi o‘rinlarda Tanlov - deb yuritiladi) o‘tkazish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Inson qadrini ulug‘lash, aholimiz manfaatlarini ta’minlash, buning uchun kuchli iqtisodiyot barpo etish kabi muhim vazifamizni hayotga tadbiq etish maqsadida 2024-yilni mamlakatimizda “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilinishi, shuningdek, talaba-yoshlaming o‘qishdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida tashkil etiladi.
3. “Mening O‘zbekistonim” videoroliklar tanlovida oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar o‘zlarining ijodiy ishlari bilan ishtirok etadi.
II. Tanlovning maqsadi va vazifalari
4. Tanlovning asosiy maqsadi - talabalami vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, O‘zbekistonimizning qadimiy va boy tarixi, madaniyati, ma’naviy-ma’rifiy ildizlarini o‘rganish, yoshlarimizni mardlik, jasorat va matonat ruhida tarbiyalash, ulami o‘z iqtidorlami namoyish etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda mustaqil va erkin fikrga ega iste’dodli talabalarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Tanlovning vazifasi - iqtidorli talabalaming ijodiy ishlari, aktiyorlik, montajyorlik, rejissiyorlik va ijodkorlik mahoratlarini qo‘llab quvvatlash; yosh avlodni har tomonlama yetuk, yuksak ma’naviyatli, intellektual salohiyatli, ota-onasiga, Vataniga sadoqatli insonlar qilib tarbiyalash; talabalaming “Mening O‘zbekistonim” mavzusida videoroliklar tanlovida saralab olingan ijodiy ishlarini keng jamoatchilikka yetkazish.
III. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish
5. Tanlov (tashkilotchisi) Oliy ta’lim fan va innovatsialar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilaming ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan tashkil etiladi. Tanlovda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan oliy ta’lim muassasalarining 1-10 nafargacha talaba-yoshlaridan tashkil topgan jamoalari (ushbu tanlovda yakka tartibda ham ishtirok etishi mumkin) ishtirok etadi.
6. Tanlovni tashkil etish va uni o‘tkazish, Respublika tashkiliy ishchi guruhi hamda oliy ta’lim muassasalarining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektorlari zimmasiga yuklatiladi.
7. Tanlov 2 bosqichda tashkil etiladi.
1-bosqich oliy ta’lim muassasasining o‘zida fakultetlararo saralash bosqichi va 2-respublika final bosqichi. Tanlovning barcha bosqichlarini o‘tkazish muddatlari Respublika tashkiliy ishchi guruhi tomonidan sanasi aniq belgilanadi va oliy ta’lim muassasalariga vazirlikning xati orqali ma’lum qilinadi.
8. Tanlovning 1-bosqichida oliy ta’lim muassasasidan tuzilgan Hakamlar hay’ati xulosasiga ko‘ra faqat 1 ta jamoa yoki yakka ishtirokchining ijodiy ishlari tanlovning birinchi bosqichi o‘tkazilgan kundan boshlab 3 kun davomida respublika bosqichiga yuboriladi. 3 kundan kechikkan ishlar qabul qilinmaydi.
9.2-Respublika final bosqichida Hakamlar hay’ati tarkibi tuziladi, oliy ta’lim muassasalari tomonidan taqdim etilgan ishlar 10 kun davomida ko‘rib chiqiladi va g‘oliblar aniqlanadi.
IV. Tanlov shartlari va baholash mezonlari
10. Tanlangan mavzu ishtirokchilaming tahsil olayotgan oliy ta’lim muassasasi joylashgan hududining tarixi va bugungi kuni, hozirgi kunda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar v.h haqida bo‘lishi kerak. - taqdim etiladigan videoroliklar soni 1 ta, davomiyligi 3-4 daqiqagacha MPEG-4 formatda - videorolik tasvirida 60-70 foizgacha jamoa (yoki yakka tartibda) a’zolarining aks (ko‘rinishi) etishi shart. - g‘oyaning dolzarbligi, videorolik tanlov talablariga javob berishi hamda unda aks ettirilgan voqea-hodisaning mazmun-mohiyati, ahamiyati to‘liq ochib berilishi kerak; - mavzuga mosligi, videorolik tanlov mavzusiga hamda tanlov oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalariga mos kelishi kerak; - ijodiy ish baholanishi jarayonida musiqali fon, videoeffektlardan foydalanilganligi, tomoshabinda tuyg‘u va tasavvur uyg‘ota olishi, kreativlik, ishning uslubiy jihatdan o‘ziga xosligi, badiiy va texnik darajasi, jamoa a’zolarining aktyorlik mahoratlari, nutqi va suhandonliklari, efirga uzatish imkoniyati ham inobatga olinadi; - ijodiy ishlaming umumiy barcha imkoniyatlari birlikda inobatga olinib Hakamlar hay’ati tomonidan 1 balldan 10 ballgacha tartibda baholanadi. - Har bir Hakamlar hay’ati a’zolari qo‘ygan ballari yig‘indisi a’zolar soni nechta boTsa shunga bo‘linadi va jami ball chiqarib qo‘yiladi.
11. Videorolikni suratga olish va montaj jarayonida maxsus dastur va uskunalardan foydalanish ishtirokchi (ijodiy ish muallifi)ning ixtiyoriga havola etiladi.
12. Videorolikda yoritilayotgan mavzu nomi ko‘rsatilishi mumkin. Ishtirokchilaming, ta’lim muassasasi nomi, o‘qish kursi ko‘rsatilishi taqiqlanadi. Ushbu holat kuzatilgan taqdirda Hakamlar hay’ati tomonidan ishlari baholanmaydi.
V. Hujjatlarni taqdim etish tartibi
13. Oliy ta’lim muassasalarida g‘olib bo‘lgan 1-o‘rinni egallagan talabalaming hujjatlari (bayonnomasi va qarori, g‘olib bo‘lgan talabaning ijodiy materiallari — videoroligi Respublika tashkiliy ishchi guruhiga taqdim etiladi. Ijodiy ishlar elektron arxivlangan (arxiv nomi ta’lim muassasa nomi bilan, yoki fleshka)taqdim etiladi. Taqdim etiladigan ijodiy ishlar yuboriladigan manzili vazirlikning xati orqali ma’lum qilinadi Belgilangan talablarga javob bermaydigan ijodiy ishlar qabul qilinmaydi.
VI. Mualliflik huquqlari
14. Tanlovda ishtirok etayotgan videoroliklarda mualliflik huquqlari buzilganda, buning uchun ishni tanlovga taqdim etgan oliy ta’lim muassasasi, ishtirokchi yoki ishtirokchi jamoa javobgar hisoblanadi.
15. Videorolikda ishtirokchilaming ijodiy ishlari boshqa mualliflik video, reklama roliklari, kinematografik asarlaridan nusxa olishga yo‘l qo‘yilmaydi.
16. Tanlov ishtirokchisi taqdim etilgan videorolikning muallifi ekanligini, ulaming ijodiy ishida boshqa shaxslaming intellektual mulkka bo‘lgan huquqini buzilmaganligini kafolatlaydi. Mazkur talab buzilgan taqdirda, oliy ta’lim muassasasi, ishtirokchi yoki ishtirokchi jamoa tashkilotchilarga barcha zarar hamda tashkilotchilaming o‘z huquqlarini himoya qilishi uchun ketgan xarajatlarini qoplash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
17. Tashkilotchilar tanlovga taqdim etilgan ishlardan tanlovni yoritish, to‘plam yaratish va tarqatish maqsadida foydalanishlari mumkin. 18. Videorolikni tanlovga taqdim etish orqali ishtirokchi ushbu nizomning barcha bandlariga o‘z roziligini bildiradi.
VII. Tanlov g‘oliblarini taqdirlash
19. Tanlovning birinchi bosqichida yuqori 1-, 2- va 3-o‘rinni egallagan har bir ishtirokchi yoki jamoa a’zolari oliy ta’lim muassasasining faxriy yorliqlari hamda budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 0.5 barobari miqdorida bir martalik pul mukofotlari bilan rag‘batlantiriladi.
20. “Mening O‘zbekistonim” videorolik tanlovining final bosqichida 1-, 2-, 3-, 4- va 5-o‘rinni egallagan ishtirokchi yoki jamoalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan vazirlikning oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan quyidagi tartibda: 1-o‘rin -15 million so‘m, 2-o‘rin -12 million so‘m, 3-o ‘rin — 10 million so ‘m, 4-o ‘rin - 8 million so ‘m, 5- o‘rin - 5 million so‘m pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Tanlovni final bosqichini yuqori safiyada tashkil etgan tashkilotchi (Respublika tashkiliy ishchi guruh) mas’ul xodimlari asosiy ish joylaridan mehnatga haq to‘lashning 10 barobari miqdorida rag‘batlantirilishi mumkin.
VII. Yakuniy qoidalar
21. Nizom talablariga mos kelmagan ijodiy ishlar taqdim etilgan taqdirda Hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan natijalari bekor qilinishi mumkin.
22. Davlat va nodavlat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlari tanlovda homiylik qilishlari mumkin.
23. Videoroliklarda mualliflik huquqlari buzilganda, buning uchun ishni tanlovga taqdim etgan ishtirokchi jamoa javobgar hisoblanadi.
24. Videorolikda ishtirokchilaming ijodiy ishlari boshqa mualliflik video, reklama roliklari, kinematografik asarlaridan nusxa olishga yo‘l qo‘yilmaydi.
25. Tanlovga Respublika tashkiliy ishchi guruhi tomonidan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin