my.gov.uz saytidan ERI yordamida ro'yxatdan o'tish hamda xodimlarni "Jamg'arib boriladigan pensiya ta'minoti tizimi"ga ro'yxatga olish

my.gov.uz saytidan ERI yordamida ro'yxatdan o'tish hamda xodimlarni "Jamg'arib boriladigan pensiya ta'minoti tizimi"ga ro'yxatga olish

Shohbek G'aybulloyevich

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son  Farmoniga  muvofiq va fuqarolarni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatlari tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining "FUQARONI JAMG‘ARIB BORILADIGAN PENSIYA TIZIMIDA HISOBGA QO‘YISH BO‘YICHA DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATISHNING MA’MURIY REGLAMENTINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA"dagi qaroriga asosan 2018-yil 1-apreldan boshlab yuridik va jismoniy shaxslar fuqaroni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatlari olish uchun faqat Davlat xizmatlari markaziga yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qiladilar.

Ko'pchilik buxgalterlarning taklifidan kelib chiqqan holda my.gov.uz saytidan ro'yxatdan o'tish hamda xodimga INPS ochish jarayoni bosqichlarini ko'rsatib o'tamiz.

  1. my.gov.uz saytiga kiramiz.
1-rasm

Ro'xatdan o'tish tugmasi bosiladi.

2. Ro'yxatdan o'tish "ONE Id" tizimi orqali amalga oshiriladi

2-rasm

Foydalanuvchilar kelishuvi bilan tanishib chiqib ro'yxatdan o'tish tugmasi bosiladi.

3. Bo'sh maydonlar to'ldiriladi.

3-rasm

Yuridik shaxs yoki korxona buxgalteri pasport ma'lumotlari, elektron pochtasi va telefon raqami kiritiladi.

4 . Telefon raqamiga kelgan kodli smsni yozib keyingi bosqichga o'tamiz.

4-rasm

5. Login va parol o'rnatamiz

5-rasm

6. Ro'yxatdan o'tish jarayoni yakunlanadi.

6-rasm

7. Akkaunt haqqoniyligini tasdiqlash.

7-rasm

Tasdiqlash menyusi bosiladi.

8. Ma'lumotlar ERI yordamida verifikatsiyalanadi.

8-rasm

Tasdiqlash tugmasi bosiladi.

9. ERI sertifikati taqdim etiladi.

9-rasm

10. Akkauntimiz tasdiqlandi.

10-rasm

11. Endi my.gov.uz saytiga kiramiz.

11-rasm

Kirish tugmasini bosamiz.

12. Shaxsiy kabinetga yuridik shaxs sifatida kiramiz.

12-rasm

13. Tashkilotni tanlaymiz.

13-rasm

14. Yuridik shaxslar uchun ajratilgan xizmatlarni tanlaymiz.

14-rasm

15. Jamg'arib boriladigan pensiya tizimi xizmatlari tanlanadi.

15-rasm

16. Xizmatdan foydalanish tugmasi bosiladi.

16-rasm

17. Fuqarolarni jamg'arib boriladigan pensiya ta'minoti tizimiga ro'yxatga olish tugmasi bosiladi.

17-rasm

18. Tashkilot joylashgan hudud, o'sha hududga tegishli bo'lgan Xalq banki filiali, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami(PIN FL), pasport seriyasi va raqami kiritilib keyingi bosqichga o'tiladi.

18-rasm

19. Fuqaro tug'ilgan joyi belgilangan maydonga yoziladi.

19-rasm

Yuborish tugmasi bosiladi va shu bilan xodimlarga INPS ochish jarayoni yakunlanadi.

Fuqaroligi bo'lmagan (norezizdent) shaxslarga INPS ochish "Davlat xizmatlari markazlari"ga murojaat qilish orqali amalga oshiriladi.










Report Page