#murojaatvaijro
Fuqaro qonunlarni buzganligi uchun davlatga, tabiatga yetkazilgan 372 million so‘m zararni to‘lamaslik maqsadida davlat inspektorlariga bosim o‘tkazishga urinmoqdami?
Ijtimoiy tarmoqlarda “Narpay tumanida 2000 ta terak kesilishi hamda daryo muhofaza qismidan noqonuniy tarzda qum-shvg‘vl qazib olinishi” haqida xabarlar tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli mutasaddilar tomonidan o‘rganishlar olib borilganda, 2000 ta terak kesilishi degan holat aslida tuman Yo‘lllardan foydalanish korxonasiga tegishli bo‘lgan hududda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan terak ko‘chatlari korxona masʼullarning eʼtiborsizligi natijasida suvsizlikdan qurib qolganligi aniqlanib, hudud biriktirilgan masulga MJtKning 79-moddasi 4-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning 10 barobarida jarima belgilangan va tabiatga 372 million zarar yetkazilganligi aniqlanib, tegishli xujjatlar qonuniy baho berishlik uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlariga taqdim etilgan.
Bundan tashqari tuman xududidan oqib o‘tuvchi Qoradaryo muhofaza qismidan qum-shag‘ar aralashmasini qazib olinishi yuzasidan ham tegishli tartibda o‘rganish ishlar olib borilib, huquqbuzarlar shaxsiga aniqlik kiritish maqsadida, tuman IIB yozma shaklda murojaat qilingan. Hozirda bu holatga ham huquqiy baho berib borilmoqda.
Sarlavhada keltirilgan vaj yuzasidan nega to‘htalib o‘tilmaganligimizni barcha birdek tushunib oldi deb o‘ylaymiz...
Samarqand viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Kanalga qo‘shiling👇👇