#munosabat

#munosabat


Toshkent viloyati Qibray tuman hududidan o‘ttuvchi Qozog‘iston Respublikasi bilan bog‘lovchi 4K694 “MayBag‘ish” avtomobil yo‘lining “May” va “Turkiston” mahallalari hududidan o‘tuvchi 0-13 km oralig‘ida mukammal ta’mirlash ishlari olib borildi. Tumanning “Yonariq”, “Ziyokor”, “Madaniyat”, “Birlik” mahalllari hududidan o‘tuvchi 4R8 “M39 “May – Chirchiq” avtomobil yo‘lining 0-12 km oralig‘ida joriy ta’mirlash ishlari bajarildi.

Murojaatda ko‘rsatilgan avtomobil yo‘li Qibray tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tasarrufidagi umumfoydalanuvdagi 4R8 “M39 - May – Chirchiq” avtomobil yo‘li bo‘lib, ushbu yo‘lda korxona tomonidan saqlash va joriy ta’mirlash ishlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan” ajratilgan mablag‘lar doirasida ta’mirlanib kelmoqda.

Yuqorida ko‘rsatilgan 4R8 “M39 - May – Chirchiq” avtomobil yo‘li qo‘shni Qozog‘iston Respublikasi bilan bog‘lovchi yo‘l bo‘lganligi sababli ushbu avtomobil yo‘lidan og‘ir yuk tashuvchi, katta gabaritli avtotransport vositalar qatnovi yildan yilga ortib bormoqda. Ushbu avtomobil yo‘li 1970-1980 yillar davomida qurilgan bo‘lib, yuk ko‘tarish cheklovi 8 tonnaga mo‘ljallangan holda qurilgan. Yo‘lning yaroqlilik muddati tugab, og‘ir yuk tashish oqibatida ushbu avtomobil yo‘li qoplamasida burmasimon notekisliklar yuzaga kelmoqda.

Hozirgi kunda avtomobil yo‘lidagi notekisliklarni bartaraf etish uchun dastlabki hisob-kitoblar amalga oshirilmoqda. Aholi va haydovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Qibray TYFKDM tomonidan 2024 yil sentabr oyining yakuniga qadar avtomobil yo‘lida og‘ir yuk tashish oqibatida paydo bo‘lgan notekisliklar va chuqurchalar mahsusi yo‘l texnikalarini jalb qilgan holda (freza, katok, uklabchik) kesilib, tekislagan holda joriy ta’mirlash ishlari bajarib berilishini ma’lum qilamiz.




Report Page