#muhokama

#muhokama


Qibray tuman hokimi M.Mirkasimov, hokim o‘rinbosarlari, bo‘lim-tashkilotlar va tijorat banklari rahbarlari bilan qish-bahor mavsumida aholi va maktabgacha ta'lim tashkilotlarini zarur oziq-ovqat hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan uzluksiz ta'minlash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmas vazifalarni muhokama qildi.

Xususan,qishloq xo‘jalgi (kartoshka,piyoz,sabzi, guruch)mahsulotlarni saqlash uchun tumandagi mavjud omborxona, sovutgichlar holati va sig‘imini xatlovdan o‘tkazish,ichki imkoniyatlarimiz uchun zarur mahsulotlarga qo‘shni tumanlar bilan qo‘shimcha shartnomalar tuzish orqali zaxirani tashkil etish choralarini ko‘rish yuzasidan aniq vazifalar berildi.

Tuman hokimi, tijorat bank rahlarining kechiktirilayotgan kreditlarni undirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar qoniqarsiz ekanligini ta'kidlab, mazkur muammolarni tizimli hal etish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. 

Shuningdek, kuz-qish mavsumida aholi xonadonlarini elektr va tabiiy gaz bilan barqaror ta'minlash borasida ko'rilayotgan choralar hamda kommunal sohadagi qarzdorlikni undirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy muhokama qilindi.Ma'lumot o'rnida,tuman aholisining elektr energiyadan qarzdorligi 6 mlrd 27 mln so'mni tashkil etsa, 11 mlrd 289 mln so'm iste'mol qilingan tabiiy gazdan qarzdorlik mavjud.

📌Tumanda qish-bahor mavsumi uchun 995 tonna kartoshka, piyoz -134,sabzi -366 hamda 183 tonna guruch mahsuloti zaxirasini shakllantirish belgilangan.


✍️ Qibray tuman hokimligi Axborort xizmati



Report Page