Motion grafika va video montaj kurslariga marhamat!
Najot Ta'limVideo bizning hayotimizda oʻz oʻrnini egallab ulgurdi. Televideniye, kino sanoati, reklama, youtube, instagram bloglari, onlayn taʼlim va yana boshqa hamma yerni video egalladi.
Videobloggerlik va youtube kanallari kundan kunga ommalashmoqda. Bugungi kunda vloggerlar chiroyli, maʼlumotga boy va qiziqarli videolarni kun sayin chop etishmoqda. Turli tadbirlarni nishonlashda, safarlar, oilaviy tadbirlar kabi hayotimizning eng unutilmas va baxtli onlarni oʻzimiz bilan video sifatida saqlab qolishni hammamiz xohlaymiz. Video montajni oʻrganish har bir kishi uchun videoning eng yaxshi va qiziqarli qismlarini tahrirlash va tayyorlash imkonini beradi.
Agar eʼtibor beradigan boʻlsak videoni toʻliq shaklda hech kim ulashmaydi. Albatta u montaj orqali ishlov berilgan va tomoshabin uchun koʻrish qulay boʻlgan holatda ko'rsatiladi. Yaʼni, eng, eng, eng yaxshi lavhalar videomontaj orqali ishlov berilib toʻliq bir shaklda bizga taqdim etiladi.
Siz videomontaj va moushn grafikani oʻrganishingiz uchun kinomotagrafiya maktabida oʻqishingiz yoki turli xil saytlardan videoni qanday qilib montaj qilishni qidirib va ularni koʻrib vaqtingizni oʻtkazishingiz endi shart emas.
Najot Taʼlim markazi sizni Oʻzbekistonda ilk bor tashkil etilgan oʻzbek tilidagi “Motion grafika va video montaj” kurslariga taklif etadi!

“Motion grafika va video montaj” kurslari yuqori tajribali oʻqituvchilar tomonidan sodda va har bir kishi uchun oson, tushunarli tarzda oʻtiladi. Siz bu kurslarda oʻqishdan avval qandaydir bilim darajasiga ega boʻlishingiz yoki nimalarnidir bilishingiz talab etilmaydi.
Keling, avvalo moushn grafika va video montaj nimaligi biroz toʻxtalib oʻtsak.
Moushn grafika video, audio va matnni yagona animatsion syujetda birlashtirib, bir paytni oʻzida 3 ta maʼlumotni yetkazadi. Ular jamlanganda tomoshabinlar hissiyotini kuchliroq darajada oʻziga qaratadi: matn diqqatni tortadi, ovoz va grafika xotirada yorqin obrazlarni muhrlaydi.
Moushn grafikaning asosiy maqsadi mahsulot haqida maksimal darajada axborot yetkazgan holda diqqatni oʻzida jalb qilish va ushlab turishdir. Moushn grafika multfilm yoki videodan tortib, uzun yoki qisqa tugallangan boʻlishi ham mumkin. Video tayyorlash uchun animatsiyaning turli xil koʻrinishlarida video va audio effektlar hamda grafik dizayn vositalaridan foydalaniladi.
Moushn grafika yangi, talabgor, ehtiyoj yuqori, kelajagi bor zamonaviy kasblardan biridir.
Zamonaviy televideniye, internet, mobil dastur, reklama, oʻyinlar moushn grafikaning asosiy talabgorlaridir.
Animatsion grafika, biznes hamkorlarga gʻoyani, biznes loyihani vizual shaklini, butun kompaniya illustratsiyasini ideal tarzda taqdim qilishda xizmat qiladi.
- Qisqa vaqt ichida mazmunli holda koʻp narsani ifoda qilish. Katta sigʻim va oson oʻrganish;
- Qisqa rolikda g'oyaga boy koʻp maʼlumotlarni joylashtirish;
- Zerikarli matn oʻrniga effektli va oʻziga xos video; (Koʻpchilik foydalanuvchilar videodagi matnni oʻqishadi. Moushn grafika shuning uchun ham kerak)
Video montajchi — video materiallar bilan ishlaydigan kishi. Videolavhalar, musiqa, ovoz, 3D modellar, matn bilan ishlaydi.
Materiallarni kesish, kadrlarni joylashtirish, ovoz bilan tasvirni moslashtirish, maxsus effekt va 3D modellardan foydalanish, shuningdek titr matnlar bilan shugʻullanadi. Qisqa qilib aytganda montajchi qoʻlida bor boʻlgan video va audio fayllardan tayyor mahsulot ishlab chiqaradi.
- Har bir o'quvchiga individual yondashuv;
- Aniq maqsadli, rejalashtirilgan, kerakli materiallar bilan boyitilgan holda darslar oʻtiladi;
- Kurs oʻqituvchisi oʻquvchilarga oʻz vaqtida kerakli maslahatlarni va individual tarzda uyga vazifalarni tayyorlashdagi yordamlashadi;
- Ushbu kursni tamomlagan har bir kishi moushn grafikali video tayyorlashda, video montaj qilishda, maxsus effektlardan foydalanishda yetarli bilimlarga ega boʻladi. Shu bilan birgalikda shu soha yoʻnalishida erkin ishlay oladi. Oʻzi xohlagan, qiziqqan voqea-hodisalarni video shaklga keltira oladi.
- Oʻquvchilar oʻz bilim darajasini amaliy mashqlarni bajarish orqali koʻrsatadi. Har bir qoʻyilgan masalaga oʻzlarining yondashuv usullari orqali yechim qidirishadi. Bundan tashqari oʻquvchilar doʻstlaridagi xatolarni topishda bir birlariga yordamlashishadi.
- Ushbu kursni oʻqish davomida har bir oʻquvchini amaliy jihatdan bilim darajasini baholab boramiz. Baholash usuli shundayki, oʻquvchining berilgan vazifani qanday bajarishi va mavzuni toʻgʻri tushunishi orqali aniqlanadi;
“Motion grafika va video montaj” kurslari jami 5 oy davom etadi. Siz 5 oy davomida taʼlim olish uchun 3 000 000 soʻm sarflaysiz. Agar kursni muvaffaqiyatli tamomlasangiz oyiga oʻrtacha 5 000 000 - 15 000 000 so'm oylik daromad olishingiz mumkin boʻladi.

Kursni tamomlaganingizdan soʻng maxsus sertifikat beriladi. Va eng asosiysi talabga javob bergan barcha oʻquvchilar taniqli dizayn studiyalariga ishga taklif etiladi.
Tel: +998998280011
Administratorga bogʻlanish: http://t.me/najoteduadmin
Telegram: https://t.me/najotedu
Facebook: https://www.fb.com/najotedu
Instagram: https://instagram.com/najottalim
Twitter: https://twitter.com/najottalim