QASHQADARYOLIK O'QITUVCHI 20 MILLIONGA YAQIN MAOSH OLADI

QASHQADARYOLIK O'QITUVCHI 20 MILLIONGA YAQIN MAOSH OLADI


—Qalb qo‘ri, ko‘z nuri, butun borlig‘ini yosh avlod tarbiyasiga baxsh etayotgan ziyo kasb egalari bo'lmish o‘qituvchilar mehnati, jasorati har qanday yuksak baholarga munosibdir. Shu bois, davlat rahbarini tashabbusi bilan o‘qituvchilar maqomini yuksaltirish va ularni moddiy turmush sharoitini yaxshilash borasida salmoqli ishlar qilinmoqda. Ma'lumki, pedagoglarning maoshlari bir necha marta oshirilib, alohida ustamalar joriy etildi, ish yuklamalari yengillashtirildi.Ta’lim maskanlarida ortiqcha qog‘ozbozlikka chek qo‘yilib, ularning oylik maoshi oshirib borilmoqda.Ilgari o'qituvchilar o'rnatilgan tartib asosida 1000 AQSH dollari maosh olishi haqida eshitganimda bunday bo'lishi murakkab deb tafakkur qilganman. Afsuski, adashgan ekanman, hozir qariyb o'ylaganlarimdan ikki karraga yaqin maosh olaman.
O'qituvchilik –ulug' va sharafli kasb. Menga yoshligimdan bu kasb juda yoqqan, chunki men o'qituvchilar oilasida o'sganman. Bu mening ota kasbim. Aynan ingliz tiliga qiziqishimning ham sababi shu. Universitetni imtiyozli tugatgach, men o'zim o'qigan Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 5-maktabda o'z faoliyatimni boshladim. Maqsadim esa o'zimdagi bor bilimni yosh avlodga yetkazib berish edi va bu maqsadimga erishdim ham. Ish faoliyatim davomida ko'pgina yutuqlarga erishdim.Ish faoliyatimni boshlagan yilda “Eng yaxshi fan o'qituvchisi” ko'rik tanlovida qatnashib, eng oliy o'rinni egalladim.Yillar davomida turli xil tanlov va tadbirlarga qatnashib, ko'pgina sertifikat va faxriy yorliqlarga ega bo'ldim. Xususan, Xalqaro sertifikatni C1 darajasini, milliy sertifikatni C1 darajasini qo'lga kiritib, oliy toifaga ega bo'ldim. Kitob tumanidagi trener o'qituvchilar safidan joy oldim. 2021 yil “LPA” Xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish agentligi tomonidan sertifikat va diplomlarni qo'lga kiritdim. Shuningdek, 2022 yil O'zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan O'zbekiston barkamollik uchun ta’lim dasturi seminarida o'qib, sertifikat sohibiga aylandim va shu dastur doirasida olgan bilimlarimni tumanimiz o'qituvchilariga tadbiq etdim. Bir nechta o'quvchilarim tuman, viloyat olimpiadalarida qatnashib, faxrli o'rinlarni egallashgan.Va yana bir nechta o'quvchilarim Prezident maktablari hamda ixtisoslashgan maktablarga, oliygohlarga qabul qilingan. Yaqin 3 yilda ko'pgina o’quvchilarim IELTS va CEFR milliy sertifikatlarini qo’lga kiritishdi. Mening niyatim, chet ellik professional pedagoglar bilan o'tkazilgan konferensiya, seminarlarga qatnashish edi. Bu orzuga ham erishdim. Yaqinda Samarqand va Toshkent shaharlarida bo'lib o'tgan “ESN” dasturi tomonidan tashkil etilgan “Silk Road Conference” konferensiyasiga qatnashib sertifikatlar va sovg'alar bilan mukofotlandim. Eng quvonarlisi, shu yil vazir ustamasi sohibiga aylandim. Hozirda 20 millionga yaqin oylik maoshi olyapman va men bundan juda ham xursandman. Sababi bu kabi maoshga ega bo'lishim umuman hayolimga ham kelmagan. Haqiqatdan ham o'z ustida astoydil ishlab, kasbini sevib, harakatdan to'xtamasdan ishlagan har bir o'qituvchi ko'p yutuqlarga erishadi. Va albatta buning zamirida davlatimiz rahbarining o'qituvchi va o'quvchilarga e’tibori, ishonchi, ustozlarga hurmati va ularga berilayotgan imkoniyatlar turibdi. O'z navbatida biz o'qituvchilar bu imkoniyat va ishonchlardan unumli foydalanishimiz darkor. Men davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevga, Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligiga va fidokor ustozlarimizga chuqur minnatdorchiligimni bildiraman.Bu yo'lda yana ham izlanishga va shogirdlarimni ham yuksak iqtidorli komil inson bo'lishlariga va'da beraman,-deydi Kitob tumanidagi 5-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi ingliz tili fani o'qituvchisi Feruza MUHAMMADIYEVA.

———

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

@Qashqadaryo_vxtb

Report Page