"Frontend dasturlash asoslari" onlayn kursi mentorlariga talablar
Muhammadjavohir Sur'atovLoyiha haqida
Oldin e'lon qilganimdek, 4-iyulda HTML, CSS, Sass va Bootstrap texnologiyalari o'rgatiladigan onlayn kursni yo'lga qo'ymoqchiman. Bunda shu texnologiyalar bo'yicha mentorlarning yordami kerak bo'ladi. Postda mentorlarga talablar haqida ma'lumot berilgan.
Mentorlik qilish tartibi
Saralab olingan o'quvchilar tasodifiy ko'rinishda 3 tadan 6 tagacha bo'lgan o'quvchilar guruhlariga bo'linib, bir mentorga biriktiriladi. Mentor o'ziga biriktirilgan guruhning o'qish samaradorligiga javobgar bo'ladi. Mentorning odatdagi vazifasi o'quvchilarning uy ishlarini tekshirib berish, kunning belgilangan 2 soat qismida o'quvchilarning savollariga javob berish (Telegram yoki Discord), haftada 1 marta maksimum 2 soatlik Zoom uchrashuv o'tkazish va boshqa guruhdagi o'quvchilarning imtihon ishlarini tekshirib berishdan iborat. Mentorlardan uy ishlari va imtihon ishlarini o'z vaqtida tekshirib baholab borishlari so'raladi. Bundan tashqari, noodatiy biron hodisalar, masalan, haddan tashqari ortda qolayotgan, o'zini noadekvat tutayotgan yoki guruhda ishlashdan bosh tortayotgan o'quvchilar haqida o'z vaqtida xabar berishlari kerak bo'ladi. O'qituvchi (Muhammadjavohir) tomonidan o'quvchilar uchun o'tkaziladigan haftada 1 marta bo'ladigan Zoom uchrashuv va bundan tashqari mentorlar bilan bo'ladigan audiochat/Zoom uchrashuvda ham ishtirok etishlari so'raladi.
Mentorlarga texnik talablar
- HTML, CSS (BEM), Sass, Bootstrap texnologiyalari, Figma, Lightshot, Zoom, Google Drive, Dropbox Paper instrumentlarida ish tajribasi
- 7 dan ortiq o'rta va/yoki katta jiddiy maketlardan iborat portfolio
- yozma muloqotda fikrlarini to'liq va sodda tushuntira olish
- haftada 6 kun, 5 soatdan vaqt ajrata olish
- stabil va tez internet (Zoom uchrashuvlar uchun)
Mentorlar nima olishlari mumkin?
- onlayn kurs materiallari
- mentorlik qiladigan soha bo'yicha tajriba
- har bir o'quvchiga mentorlik uchun 240 ming so'm to'lov. Maksimum 6 ta o'quvchi bilan ishlash mumkin
- o'quvchilar bilan muloqotda tajriba orttirish
Mentorlarni saralash
Saralash 2 bosqichda o'tkaziladi.
Birinchi bosqich - texnik bilimlarni tekshirish.
Buning uchun 2 ta maketni tuzib berish so'raladi. Muddat - 1 hafta - 5-iyun soat 23:59 gacha topshirish mumkin
- Scoot maketi. Bootstrap ishlatish mumkin emas.
- Easybank maketi. Bootstrap asosida tuzish kerak.
- Portfolio - avval tuzgan maketlar jamlanmasiga link.
Ikkinchi bosqich - suhbat
Birinchi bosqichdan o'tgan talabgorlar bilan Zoom orqali suhbat o'tkaziladi.
Mentorlar saralash texnik bosqichi ishlarini mana bu shakl orqali topshirishlari mumkin.
Mentorlar ish tartibiga kurs boshlangunicha kichik o'zgarishlar kiritilishi mumkin. Bularni yana tanlab olingan mentorlar bilan kurs boshlanishidan oldin birga ko'rib chiqiladi.