#mavsum_tadbirlari
Toshkent viloyatida yoshlar oyligi bo‘lib o‘tmoqda
"Yoshlar oyligi" doirasida intellektual tanlovlar, uchrashuvlar, sport musobaqalari va gala konsertlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Jumladan, mazkur oylik doirasida Angren shahrida yoshlar bilan uchrashuvi o‘tkazildi.
Unda Angren shahar hokimi Alisher Rayimov, shahar Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i Alisher Gʻaniyev, 42219-harbiy qism komandirining o‘rinbosari Bahodir Davronov ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida yoshlarning muammo va takliflari tinglandi.
Jumladan, ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash, huquqiy tomonlama yordam berish, ijtimoiy ko‘makka muhtoj bo‘lgan yoshlarga yordam ko‘rsatish, muammolarni aniqlash va bartaraf etish, bir yillik harbiy xizmatga borish istagidagi yigitlarni murojaatlari eshitilib, amaliy yordam ko‘rsatish choralari belgilab olindi.
Olmaliq shahar hokimligi, Milliy gvardiya, 99280 harbiy qism, IIB bo‘limi va Yoshlar ishlari agentligi bo‘limi bilan hamkorlikda Olmaliq shahrida "Zakovat" intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Ushbu o‘yinida otaliqqa olingan yoshlardan tashkil topgan 18 ta jamoalar o‘zaro bellashishdi. Gʻolib va sovrindorlarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Shuningdek, Bekobod tumanida yoshlar o‘rtasida "Zakovat" intellektual o‘yinlari tashkil etildi. Unda 3-sektor hududidagi 14 ta mahallalardan kelgan jamoalar ishtirok etdi.
"Yoshlar oyligi" doirasidagi tadbirlar tuman va shaharlarda davom etmoqda.