Kim chiptani yaxshi sota oladi?

Kim chiptani yaxshi sota oladi?

Komiljanov Sherzod

2018 yil 7-dekabr kuni O'zbekiston Yoshlar tadbirkorligini qo'llab quvvatlash markazi biznes treneri Sh.Komiljanov tomonidan Farg'ona politexnika instituti Talabalar yotoqxonasida "Marketing" mavzusida qiziqarli savollardan tashkil topgan mini trening o'tkazildi.


IChb fakulteti YBIB dekan muovini E.Umronov, Farg'ona viloyati yosh biznes treneri J.Zokirjonov ham qatnashdi

Treningda amaliy mashg'ulot sifatida talabalar ikki guruhga bo'lingan holda o'zlari tayyorlab kelgan chiptalarni xaridorlarga sotishga urinishdi. Vazifa kim birinchi bo'lib xaridorlarni ishontirgan holda chiptalarni sotish bo'ldi.

"Alfa" jamoasi
E.Umronov marketing bo'yicha bilimlari bilan o'rtoqlashdi.

Vazifani qizlardan iborat "Asia" guruhi tezkorlik bilan uddalashdi. Ular marketing qoidalari bilan ishlashdi. Seminar-treningda 21 nafar talaba qatnashishdi.

Seminar treningdan bir xulosaga kelindi: mahsulot sotilmaydi emas, uni sota olmaydigan insonlar bo'ladi.

Farg'ona yoshlarini kuzatib boring!

Davomi bor...