Dorixonamizning keng assortimentida – lavanda efir moyi
Сеть аптек Таблетка
Lavanda efir moyi juda keng qo‘llanadi.Uning qon bosimini pasaytirish, yurak ritmini normallashtirish qobiliyati ko‘pchilikka ma’lum, mushak, bo‘g‘im, suyak og‘riqlari va yallig‘lanishlarida hamda tirishishlar va turg‘un yallig‘lanishlarda u og‘riqsizlantiruvchi vosita sifatida qo‘llanadi. Lavanda moyi asab tizimiga tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, qadimdan hozirga qadar lavanda immunostimulyator sifatida qadrlanadi, u barcha infeksiyalar va viruslardan ichki himoyani tuzishga yordam beradi.
Ushbu tabiiy mahsulot kosmetologiyada ham juda ommabop. U teri qoplamalarini tetiklashtiradi, regeneratsiyalaydi, ularning chuqur yangilanishi va yosharishiga ko‘maklashadi, teridagi qizarishlar, shishlar, qipiqlanish, ta’sirlanish, yallig‘lanishni bartaraf etadi, qichishishni bostiradi. Lavanda shikastlangan yoki o‘ta ta’sirchan terini maxsus parvarish qilish uchun juda yaxshi mos keladi, toliqqan va so‘ligan terida g‘aroyib tonusni oshiruvchi xususiyatlarni namoyon etadi. Muntazam qo‘llaganda chandiqlar, pigment dog‘lar hosil bo‘lishining va teri rangi o‘zgarishining oldini oladi. Bundan tashqari, lavanda sochlar bilan bog‘liq muammolarni, xususan sochlar strukturasining shikastlanishi, to‘kilishi, qazg‘oq va sochlarning sinuvchanligi kabi muammolarni ham hal etish uchun ajoyib yechim hisoblanadi.
Qiziq holat, issiq ob-havoli kunlar yaqinlashishi bilan lavanda efir moyi hatto maishiy turmushda ham asqotadi: u kuya va chivinlardan xalos bo‘lishga yordam beradi. Tabletka dorixonalar tarmog‘ida dori-darmonlarga yetkazib berish xizmati bilan buyurtma berar ekansiz, buyurtmaga efir moylarini qo‘shishni ham unutmang!
Turli tumanlarga ikkita filialda tashkil qilingan yetkazib berish markazlari tomonidan xizmat ko‘rsatiladi, ularning raqamlarini yozib olishingiz mumkin:
✅ 1. Yakkasaroy, Chilonzor, Uchtepa, Sirg‘ali va Shayhontoxur tumanlari:
👉 telefon: 712796162
👉 telegram: t.me/aptekatabletka7
✅ 2. Yunusobod, Yashnabod, Olmazor, Mirobod, Bektemir va Mirzo Ulug‘bek tumanlari:
👉 telefon: 712356162
👉 telegram: t.me/aptekatabletka9
Buyurtmalar soat 10:00 dan 19:00 gacha qabul qilinadi. Yetkazib berish qiymati: 5 000 so‘m.