Kreativlikni qanday qilib oshirish mumkin?
Ilm-u Urfon
Bu savolni ko’pchilik o’ylab ko’rgani aniq. Har qanday sohada bo’lishingizdan qat’i nazar, ayni paytda kreativlik eng kerakli ko’nikma. Kreativ fikrlash, ommadan o’zgacha g’oyalar taklif qila olish esa muvafaqqiyatning kalitlaridan biri.
Xo’sh, savolga qaytamiz, unda qanday qilib bu ko’nikmani rivojlantiramiz? Quyidagi maqolamizda buning bir qancha sinalgan usullarini yozib qoldiramiz.
O’zingizni cheklang
Ha, to’g’ri eshitdingiz, biror maqsad yo’lini inson o’zining ishlash doirasini cheklashi – bu kreativlikni oshirish uchun eng kerakli qurollardan biri. Misol tariqasida, ayni vaqtda va bunga qadar ham ko’plab muharrirlar va adiblar o’zlarini 50 ta so’z bilan cheklaydilar. 50 ta so’zlik matnda bir voqeani tasvirlay olasizmi, sinab ko’ring? Adiblar esa shu kichik matnda bir voqeani tasvirlashga urinishadi va bu kreativlikni oshiradi. Futbolchilar kichikroq maydonda to’p tepishadi, bu esa ularga yangi fintlar o’ylab topishga yordam beradi. Ish maydoningizni qisqartirish, kreativlikka qarab tashlangan birinchi qadam bo’ladi.
Ko’proq yozing
Yozish insonga doim yangi g’oyalar olib keladi. Muharrirlik qoidalariga asosan, bir gapda ayni bir so’zni takror qo’llanilishi mumkin emas. Shunday holatda siz ham matnda har safar yangi so’zlarni o’ylaysiz va miyangiz boshqa variantlar qidiradi. Bu esa o’z navbatida yangi g’oyalar bilan ishlay olish qobiliyatingizni oshiradi.
Yozganlaringizni odamlar bilan ulashish esa chiroyli va vizual tasvirlay olish qobiliyatlaringizni oshiradi.
Albatta, bilimingizni oshiring, yozish doirangizni kengaytiring
Inson o’zi xohlamagan mavzularda yozishga majbur bo’lsa yoki boshqa mavzular bilan matnni ulashga to’g’ri kelganda o’ta kreativ tarzda o’ylaydi. Ilmiy mavzuda maqola yoza turib, matnga hazil tariqasida biror latifani ulab ketishni mashq qiling, bu paytda miya so’zlarni to’g’ri ulashga harakat qiladi va albatta sinonimlar bilan ishlashga to’g’ri keladi.
Uzoqroq uxlang
Uyqu insonning aqliy faoliyati uchun eng kerakli omil. Ilmiy tadqiqotlar shuni isbotlaganki, kuniga 6 soat uxlaydigan va bu jarayonni 2 hafta qaytargan insonning miyasi, 2 kun umuman uxlamagan inson miyasi bilan bir xil bo’lar ekan.
Ha, uyqu jismoniy faoliyat uchun dushman bo’lishi mumkin, siz zavodda 8 soat ishlay olishingiz uchun kuniga 8 soat uxlashingiz shart emasdir, lekin boshqa har qanday aqliy faoliyat turi kabi, kreativ fikrlay olish uchun ham, yaxshi uyqu zarur.
Tabiat, eng zo’r ilhomlantiruvchi
Yana bir ilmiy tadqiqotchilar 56 ta sayohatga chiqayotgan insonlarni sayohatdan oldin va keyin bir nechta savollar bilan sinab ko’rishgan. Natijalar shuni ko’rsatganki, sayohatdan keyin insonlarning kreativligi 50 foizga oshgan. Shunday ekan, tabiat bilan do’stlashing, quyoshli kunlarda tashqarida ko’proq vaqt o’tkazing.
Pozitiv fikrlang
Inson har qanday holatda ham pozitiv fikrlashga harakat qilishi kerak. Bu esa miyaning kengroq fiklashiga olib keladi. Kayfiyatingiz yomon bo’lgan paytda esa miyangiz ham fikrlashdan o’zini chegaralaydi, yangi g’oyalar paydo bo’lmaydi.
Bunga bor kuchingiz bilan kirishing
To’g’risini aytganda ham, kreativ fikrlashni oshirishning eng asosiy yo’li – bu o’zingizni sohangizni topish va doimiy ravishda qattiq mehnat qilish. Bir yo’nalishda o’zingizni cheklang demoqchi emasmiz, ammo bir yo’nalishga asosiy e’tiboringizni qaratar ekansiz, miyangiz bunga o’rganadi. Yangi go’yalar bilan ishlashni o’rganasiz.
Agarda sizda shu kabi mavzularga yoki ta'lim mavzusiga oid mavzularda savollaringiz bo'lsa, post ostidagi izohlarda savolingizni qoldiring, biz ularga maqolalarimizda javob berishga harakat qilamiz.
📖 Ta'lim yangiliklari kanaliga a'zo bo'ling:
👉 @urfon