#korrupsiyaga_qarshi
⚡️Korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik choralari keskin kuchaytirilmoqda.
🔹O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik choralarini kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritildi.
🔹Jinoyat kodeksi loyihasida “korrupsiyaga oid jinoyatlar” tushunchasiga aniq ta’rif berilmoqda
🔹Muhim o‘zgarish sifatida korrupsiyaga oid jinoyatlarga jazo choralari keskin kuchaytirilmoqda.
🔹O‘zlashtirish, talon-toroj qilish, firibgarlik qilish, mansab mavqeini suiiste’mol qilish yoki xizmat mavqeidan foydalanish jinoyatlari uchun 10 yilgacha (ilgari 5 yilgacha) ozodlikdan mahrum qilish jazosi kiritilmoqda.
🔹Pora olish-berish yoki vositachilik qilish jinoyatlari uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanmoqda.
❗️Poraxo‘rlik jinoyatlarini sodir etgan shaxslar jazoni o‘tash muddatidan ilgari ozod qilinmasligi va jazo yengilrog‘i bilan almashtirilmasligi belgilanmoqda.
🇺🇿A'zolik— https://t.me/Jizzax_kadastr_axborot