#kimyogar_olimlar
@maktbad_kimyoQuyida biz Nobel mukofoti va uni qo'lga kiritgan kimyogar olimlar haqida to'xtalmoqchimiz.

Nobel mukofoti (inglizcha: Nobel Prize) — buyuk ilmiy izlanishlar, inqilobiy ixtirolar yoki madaniyat va jamiyatning rivojiga katta hissalar qoʻshganligi uchun har yili taqdim etiladigan eng nufuzli xalqaro mukofotlardan biri.
Nobel mukofotlari - har yili buyuk ishlar uchun beriladigan xalqaro mukofot. Taʼsis etuvchisi A. B. Nobelning (k,. Nobellar) vasiyatiga koʻra, undan keyin qolgan mablagʻ asosida Nobel jamgʻarmasi tashkil etildi; shu jamgʻarmaga har yili kelib tushadigan daromad 5 qismga teng boʻlinib, irqi, millati, jinsi va dinidan qatʼi nazar, fizika, kimyo, fiziologiya yoki tibbiyot sohasidagi kashfiyotlar, badiiy asarlar, xalqlar doʻstligi va tinchlikni mustahkamlash yoʻlida koʻrsatilgan faoliyat uchun beriladi (1968 yilda Shvetsiya davlat banki oʻzining 300 yilligi munosabati bilan iqtisod fanlari sohasidagi yutuqlar uchun beriladigan qoʻshimcha Nobel mukofotini taʼsis etgan).
Nobel mukofoti Alfred Nobel tasviri tushirilgan oltin medal, diplom va miq-dori Nobel jamgʻarmasidagi daromadga bogʻliq (odatda, 30 mingdan 70 ming dollargacha) boʻlgan mablagʻdan iborat. Alfred Nobelning vasiyatiga koʻra, Nobel mukofotini berish vazifasi Stokgolmdagi Qirollik FA ga (fizika, kimyo, iqtisod fanlari boʻyicha), Stokgolmdagi Qirollik tibbiyot-jarroxlik institutiga (fiziologiya yoki tibbiyot boʻyicha) va Stokgolmdagi Shvetsiya akademiya-1 siga (badiiy asarlar boʻyicha) topshi-rilgan. Tinchlikni mustahkamlash 4 yoʻlida koʻrsatilgan faoliyat uchun 1 Nobel mukofotini Norvegiya parlamentining Nobel komiteti aʼzolari beradi. Tinchlik mukofotidan tashqari hamma mukofotlar faqat individual tarzda beriladi. Vafot etganlarga Nobel mukofoti berilmaydi. Nobel mukofotini topshirish tantanasi Stokgolm va Osloda Alfred Nobel vafot etgan kun (10 dekabr) da oʻtkaziladi. Birinchi mukofot 1901 yil topshi-rilgan. Nobel mukofotini 1901—2003 yilda 565 kishi olgan.[1]
Alfred Nobelning vasiyatiga koʻra, moddiy tarafdan quvvatlanib, 1895-yilda tadbiq etilgan quyidagi besh yoʻnalish boʻyicha mukofotlar mavjud:
- fizika boʻyicha Nobel mukofoti,
- kimyo boʻyicha Nobel mukofoti,
- fiziologiya va tibbiyot boʻyicha Nobel mukofoti,
- adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti,
- jahonda tinchlik oʻrnatish ishlari boʻyicha harakatlar uchun (Tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti).
- 1969-yildan boshlab, iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofoti ham berila boshladi.
Hozirgi vaqtda Nobel mukofotining qiymati 10 mln shved kronasi (1,3 mln $ atrofida)ga teng.
Nobel mukofotini qo'lga kiritgan birinchi kimyogar olim

Jacobus Henricus van 't Hoff (talaffuzi: Yakobus Genrix van Xof)(1852.30.8, Rotterdam —1911.1.3, Berlin) — golland kimyogari, fizik kimyo va stereokimyo asoschilaridan biri. Peterburg Fanlar akademiyasining xorijiy muxbir aʼzosi (1895 yildan). Amsterdam (1878 yildan) va Berlin (1896 yildan) universitetlarining professor 1874—75 yillarda uglerod atomining toʻrttala valent kuchlari tetraedrning uchlariga yoʻnalgan degan fikrni olgʻa surdi va organik birikmalarning molekulalarida atomlarning fazoviy joylashuv nazariyasini birinchi boʻlib bayon etdi. V.-G. kimyoviy reaksiyalarning kinetikasi va termodinamikasi, suyultirilgan eritmalar nazariyasi sohasida yirik ishlar qildi. 1885—87 yillarda gaz qonunlarini suyultirilgan eritmalarga tatbiq qilish mumkinligini isbot etdi, eritmalardagi osmotik bosim qonunini taʼriflab berdi (1887), bu qonun V.-G. qonuni deb ataladi. V.-G. suv-tuz sistemalaridagi muvozanatni tadqiq etdi. Nobel mukofotining laureati (1901).[1][2]