“Ijtimoiy masofa” sinovining batafsil javobi

“Ijtimoiy masofa” sinovining batafsil javobi

Khan Academy Oʻzbek

❓ Bir doʻkon maʼmuriyati xaridorlar bir-biridan 1,5 metr masofa saqlashlariga ishonch hosil qilish uchun kassa oldidagi polni shu tarzda (4 ta qizil nuqta bilan) – hatto biroz ortiqchasi bilan (2,2 metr) belgilab qoʻyishdi. 

Navbatdagi barcha 4 ta joy band qilingan paytda bir xaridor kelib, shu kvadrat oʻrtasiga turib oldi. Navbatda turgan mijozlar unga ijtimoiy masofa saqlamayotganini aytib, u bilan bahslashishga tushishdi. Ammo u “bechora odam” indamay turaverdi. 

Savol: xaridor ijtimoiy masofa qoidalariga rioya qilyaptimi?

 

🙋‍♀️ Ushbu boshqotirmani quyidagi videoni koʻrish orqali yechamiz:



Yechilishi:

Bizga berilgan maʼlumotlardan tomonlari 2,2 metrga teng kvadrat yasab olamiz.


Kvadrat tomonlari orasidagi burchak 90 gradusga teng. Bizning xaridor esa kvadrat diagonalining oʻrtasida turibti.


Kvadratni teng ikkiga boʻlish orqali biz teng tomonli toʻgʻri uchburchak hosil qilib olamiz.

Endi bizda barchasi oson, masalani yechish uchun faqat pifagor teoremasini bilsangiz bas.


Yuqoridagi rasmlarda koʻrganingizdek oʻrtadagi xaridor qoidaga rioya qilgan holda turibti.

Javob: oraliq masofa qoidalari buzilmagan


Khan Academy Oʻzbek loyihasida bu birinchi sinov edi. Bundan-da qiziqarli sinov, boshqotirma va jumboqlarni kutib qoling. Bizning bu ruknimizni #kau_sinov heshtegi orqali qidirishingiz mumkin. Sizda ham shu kabi foydali jumboqlar boʻlsa, bizga yuboring.





Report Page