Jj

Jj

▶️ @SOKINSADO

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati 25-avgust kuni shaharda keksa kishilarga nisbatan jinoyatlar ko‘paygani munosabati bilan qidiruvga berilgan qator shaxslarning alohida belgilari haqida axborot e’lon qildi.

Qidiruvga berilgan shaxslardan biri haqidagi ma’lumotlar ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining keskin e’tirozlariga sabab bo‘ldi. “Yoshi 35—40 larda, bo‘yi 170—175 santimetr bo‘lgan, sochlari qora, siyrak, old taraf sochi to‘kilgan, o‘rta gavdali, o‘zbek va rus tillarida yaxshi so‘zlasha oladi”gan shaxsning yana bir alohida belgisi sifatida “kiyinishidan viloyatlik shaxslarga o‘xshashi” qayd etilgan edi.

IIBB xabarining birinchi tahriridagi fotomaterial.

Foto: “GUVD.uz”

Aynan “kiyinishidan viloyatlik shaxslarga o‘xshash” jumlasi ijtimoiy tarmoqlarda keskin noroziliklarga sabab bo‘ldi, tarmoq foydalanuvchilari IIBBning bunday axborotiga qat’iy norozilik bildirdi.







Ayni vaqtda, IIBning mazkur axborotini kinoya bilan qabul qilgan, unga hazil-mutoyiba orqali munosabat bildirganlar ham talaygina.

Jamoatchilikning keskin munosabati, bu haqda internet-nashrlarda berilgan xabarlardan so‘ng, IIBB gumonlanuvchi haqidagi fotomaterialdan “kiyinishidan viloyatlik shaxslarga o‘xshash” yozuvini olib tashladi. Xuddi shu fotomaterialning ruschasida gumonlanuvchi “yaxshi kiyingani” qayd etilgan.


Internetda Meyuezer–Makgregor jangi uchun chiqarilgan antiqa chipta namoyish qilindi

Sport 10:18 4931

Foto: AFP

Internetda amerikalik bokschi Floyd Meyuezer va irlandiyalik MMA jangchisi Konor Makgregor o‘rtasidagi jang uchun chiqarilgan antiqa dizaynga ega chipta videosi paydo bo‘ldi.

Birinchi o‘rta yengil vazn toifasida (69,85 kg gacha) o‘tuvchi ushbu jang 26 avgustda Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi. Jang g‘olibiga 1,5 kg oltin, 3360 ta brilliant, 600 ta moviy yoqut va 160 ta zumrad tosh bilan bezalgan kamar topshiriladi.

Avvalroq ma’lum qilinganidek, jang uchun chiptalar narxi 2 mingdan 80 ming yevrogacha turadi. Videoda chipta qo‘lda aylantirilganda jangchilarning bir-biriga yuzma-yuz qarab turgan surati asta-sekin ularning yonma-yon jangovar holatda turgan surati bilan almashishini ko‘rish mumkin.



Meyuezer avgust boshida jang orqasidan kamida 300 mln dollar ishlab topishini aytgandi. Irlandiyalik esa bu jangdan 100 mln dollar ishlab topishi taxmin qilinmoqda.